So’nggi yangiliklar

13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0 09:36Месси, Мбаппе, Ямаль, Родри, Беллингем FIFPro йил рамзий терма жамоасидан жой олди, Кейн ва Роналду эса йўқ! 0 09:05ATP рейтинги янгиланди. Биринчи ракеткамиз 40 поғонага пастлади. Рейтингда янги ўзбек! 0 08:34Даниил Ейбог жорий мавсум нима учун халқаро мусобақаларда иштирок этмаётганини очиқлади 0 08:03WTA рейтинги янгиланди. Теннис маликаларимиздан бири 25 поғона юқорилади. Қолганларичи? 0 07:32Кубарси Европада йилнинг энг яхши ёш футболчисига бериладиган Golden Boy совринини қўлга киритди 0 07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0

04 avg 18:28
Yangiliklar

Futbol

OFK xulosasi: O'zbekiston JCHda qanday o'ynadi?

OFK rasmiy sayti Jahon chempionatida ishtirok etgan Osiyoning barcha jamoalariga baho berib chiqdi.

Malumki, tarixda birinchi bor Osiyodan 9 jamoa mundialda ishtirok etdi. O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatida o'ynab katta tajriba to'pladi.

O'zbekiston guruhdagi dastlabki uchrashuvni Kolumbiyaga qarshi o'tkazib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu o'yinda Kolumbiya osonlik bilan g'alaba qozondi deb bo'lmaydi. O'zbekiston jiddiy qarshilik ko'rsata oldi, biroq mahorat o'z so'zini aytib, Janubiy Amerika vakiliga omad kulib boqdi. Mana shu o'yinda gol urgan Abbosbek Fayzullaev O'zbekistonning jahon chempionatida gol urgan dastlabki futbolchisi bo'ldi.

6.jpg

O'zbekiston keyingi bahsni musobaqa favoritlaridan biri Portugaliga qarshi o'tkazib, yirik 0:5 hisobida mag'lub bo'ldi. Bu uchrashuvda Krishtianu Ronaldu ikki bor to'p kiritdi. Ketma-ket ikkita mag'lubiyat O'zbekiston uchun vaziyatni ancha og'irlashtirib qo'ydi. Guruhdan chiqish uchun nazariy jihatdan imkon bor edi, faqat buning uchun uchinchi turda Kongoni mag'lub etish kerak bo'lardi.

9.jpg

Oxirgi uchrashuv O'zbekiston uchun chiroyli boshlandi, 10-daqiqadayoq Eldor SHomurodov chiroyli zarbasi bilan hisobni ochdi. Hammasi Osiyo jamoasi uchun yaxshi yakun topishi mumkin edi, biroq tajriba kamligi pand berib Kongo 3:1 hisobida o'yinni o'z foydasiga hal etdi.

7.jpg

Uchta mag'lubiyatga qaramay terma jamoa ustozi Fabio Kannavaro musobaqa O'zbekiston terma jamoasi uchun tajriba vazifasini o'tagani hamda muxlislar terma jamoaning Jahon chempionatidagi ishtirokidan xursand ekanliklarini aytib o'tdi. O'zbekiston rivojlanish davrini boshdan kechirmoqda, salbiy natijalarga qaramay terma jamoadan progress kutsa bo'ladi.

5.jpg

Endilikda O'zbekiston bor etiborini yanvarda bo'ladigan Osiyo Kubogi 2027 musobaqasiga qaratadi. Ushbu turnirda O'zbekiston terma jamoasi "B" guruhida Bahrayn, KXDR va Iordaniya bilan bahs olib boradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing