So’nggi yangiliklar

11:02Аълохон Абдуллаев Тошкентда Қирғиз боксчисига қарши рингга кўтарилади 0 10:41Португалия Гран-приси Формула 1 тақвимига қайтади 0 10:20Кутилмаган хабар — Теренс Кроуфорд фаолиятини якунлади! 0 09:59"Нефтчи" билан чемпионликни қўлга киритган футболчи "Навбаҳор"га ўтди 0 09:38Тайсон Фьюрига кутилмаган рус боксчиси рақиб сифатида бериляпти 0 09:17Кайо Борральонинг навбатдаги жанги ҳақида маълумот берилди 0 08:56Бо Никал Йоэл Ромеродан чемпионлик камарини ҳимоя қиладими? 0 08:35Ўзбекистон вакиллари ФИФАнинг "The Best" мукофоти учун кимларга овоз берди? 0 08:14Пэдди Пимблетт - Жастин Гэтжи жанги учун захира варианти айтилди 0 07:53Илҳом Назимовнинг RIZIN промоушенидаги навбатдаги жанги тасдиқланди 0 07:32UFC ярим ўрта вазн рейтингида бу йил умуман жанг ўтказмаган Раҳмонов кўтарилди 0 07:11Испания Кубоги. "Барселона" учинчи дивизион жамоасини мағлуб этди 0 19:0046 ёшли Пакьяо 2026 йилдаги режасини очиқлади 0 18:38Фёдор Емельяненко Нганну - Немков эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 18:15"Менга Чимаев эмас, UFC камари керак" - Нассурдин Имавов 0

02 dek 12:19
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. 18 yoshli Ergashev AQSHdagi jahon chempionatida 4-o'rinni egalladi

AQSHning Kaliforniya shtati, Anaxaym shahrida og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Dunyoning yuzdan ziyod davlatidan eng sara atletlar ishtirok etayotgan yilning eng nufuzli musobasida O'zbekiston terma jamoasi polvonlari ham o'z mahoratlarini namoyish etishyapti. Anaxaymda 10 nafar sportchimiz (8 nafari erkaklar, 2 nafari ayollar) supachaga chiqishmoqda.

Atletlarimizning ishtirokini -62 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Adham Ergashev boshlab berdi. Yoshlar o'rtasida jahon va Osiyo chempioni bo'lgan 18 yoshli Ergashev kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida ham murabbiylar ishonchini oqladi.


Kuchlilar jam bo'lgan A guruhida ishtirok etgan Adhamjon raqiblari orasida eng yosh sportchi edi. SHunga qaramay 61,85 kg vaznga ega hamyurtimiz dast ko'tarishda 135, siltab ko'tarishda 157, umumiy 292 kg natija bilan kuchli to'rtlikdan joy oldi.

Bronza medalini qo'lga kiritgan gruziyalik 23 yoshli SHota Mshvilidze umumiy 298 kg natijaga erishdi. Ikki kurashda roppa-rosa 300 kg natija ko'rsatgan kolumbiyalik Antonio Valensiya Moskuera jahon chempioniga aylandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing