10 okt 23:29
Yangiliklar
Og'ir atletika

Og'ir atletika. Akbar Jo'raev dunyo rekordini o'rnatib, dast ko'tarishda oltin medalni qo'lga kiritdi
Norvegiyada og'ir atletika bo'yicha Jahon chempionati o'z yakuniga etib bormoqda.
Musobaqada -110 kg vazn toifasida ikki nafar hamyurtimiz - Ruslan Nurudinov va Akbar Jo'raev yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.
Rio Olimpiadasi chempioni Ruslan Nurudinov dast ko'tarish bahslarini 186 kg natija bilan yakunladi - 4-o'rin.
Tokio Olimpiadasi g'olibi Akbar Jo'raev esa 196 kg natija bilan oltin medalga sazovor bo'ldi. Bu orqali u dast ko'tarish bahslarida dunyo rekordini o'rnatdi.
Birozdan so'ng siltab ko'tarish bahslari boshlanadi. Ushbu yo'nalishda ham alohida medallar o'ynaladi. SHuningdek ikki yo'nalishdagi umumiy natijalar yakuniga ko'ra ham medallar o'z egalarini topadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar