30 mar 18:20
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletika bo'yicha 2026 yilgi O'zbekiston chempionati o'tkazildi
24–30 mart kunlari CHirchiq shahrida og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.
Joriy yilgi chempionat ilk bor Xalqaro og'ir atletika federaciyasi (IWF) tomonidan joriy etilgan yangi 8+8 vazn toifasi tizimi asosida tashkil etildi. SHuningdek, milliy chempionatlar tarixida birinchi marta sportchilar nafaqat ikki kurash (umumiy natija), balki alohida dast ko'tarish va siltab ko'tarish mashqlari bo'yicha ham medallar bilan taqdirlandi.
Musobaqada Respublikaning barcha hududlaridan qariyb 300 nafar sportchi ishtirok etdi.
Jamoaviy hisob natijalarida umumjamoa hisobida Xorazm viloyati terma jamoasi 14 ta medal bilan (5 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza) birinchi o'rinni egalladi va musobaqaning mutloq g'olibiga aylandi.






Havola :
Manba : Minsport.uz
Fikrlar