16 sen 08:31
Yangiliklar
Og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston kubogida kuchlilar o'z so'zini aytyapti
Qiziqarli o'tayotgan bellashuvlarda Adhamjon Ergashev, Doston Yoqubov kabi terma jamoa etakchilari o'zlariga bildirilgan ishonchni oqlab, oltin medallarni qo'lga kiritishmoqda.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Sportni rivojlantirish vazirining o'rinbosari, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHahrullo Mahmudov so'z olib, ushbu sportning yildan yilga mamlakatimiz yoshlari orasida ommalashib borayotgani, ularning shug'ullanishlari uchun davlatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilayotgani haqida alohida takidladi.
Natijalar:
Ayollar, -55 kg:
1. Nigora Abdullaeva (Buxoro, 82+105kg) - 187 kg
2. Mexriniso Matyoqubova (Xorazm, 73+85kg) - 158 kg
3. Laylo Polvonnozirova (Xorazm, 66+80) - 146 kg
-59 kg:
1. Asalxon Rajabova (Sirdaryo, 70+91kg) - 161 kg
2. Kamila Karimova (Xorazm, 63+78kg) - 141 kg
3. Aziza Isoqjonova (Toshkent vil, 58+70) - 128 kg
Erkaklar, 67 kg:
1. Adhamjon Ergashev (Namangan, 135+170kg) - 305 kg
2. Abdulaziz Alimjonov (Toshkent vil, 121+145kg) - 266 kg
3. Qobiljon Aliev (Namangan, 116+140) - 256 kg
-73 kg:
1. Doston Yoqubov (Toshkent vil, 135+175kg) - 310 kg
2. Aziz Rahmatov (Surxondaryo, 118+152) - 270 kg
3. Rizo Rustamov (Xorazm, 120+145kg) - 265 kg
Fikrlar