10 iyu 11:44
Yangiliklar
Og'ir atletika. Bugun ikki nafar sportchimiz JCHda supachaga chiqadi
Musobaqa o'zining qizg'in pallasiga kirib ulgurdi. Bugun chempionat doirasida ayollar o'rtasida -63kg, erkaklar o'rtasida esa -77kg vaznli sportchilar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar. Ayollar o'rtasida Kumushxon Fayzullaeva supachaga chiqsa, erkaklar o'rtasidagi bahslarda G'ayrat Aytmuratov yurtimiz sharafini himoya qiladilar.
Vakillarimiz «A» guruhida kurash olib boradilar. Ayollar o'rtasidagi bellashuvlar 16:30da start oladi. Yigitlar esa 19:00da o'z ishtiroklarini boshlaydilar.
Eslatib o'tamiz, musobaqada -62 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etayotgan Adhamjon Ergashev har uchchala yo'nalishda (dast ko'tarish, siltab ko'tarish va umumiy natija) oltin medalga sazovor bo'lgan.
Fikrlar