25 apr 12:35
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletika. Osiyo chempionatida navbatdagi medal!
Urganch shahrida og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada ishtirok etayotgan sportchimiz Nigora Abdullaeva (-44kg) oltin medalga sazovor bo'lib, terma jamoamiz hisobiga dastlabki medalni qo'shib qo'ygandi. Kecha -48kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etayotgan Zuhra Otajonova dast ko'tarishda 63kg, siltab ko'tarishda esa 83kg, umumiy hisobda 146kg toshni o'ziga bo'ysundira oldi va kumush medalni qo'lga kiritdi.
Ushbu vazn toifasida birinchi o'rinni vetnamlik Din Ti Pam (161kg) qo'lga kiritgan bo'lsa, bronza medali Hindiston vakilasi Snea Soren (145kg)ga nasib qildi. Urganchdagi Osiyo chempionatida shu yil oktyabrda Argentinada bo'lib o'tadigan III o'smirlar Olimpiya o'yinlari licenziyalari ham o'ynalmoqda.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar