So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

06 mar 09:49
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. O'smirlarimiz Jahon chempionatida qatnashish uchun AQSHga etib borishdi

Og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi delegaciyasi jahon chempionatida ishtirok etish maqsadida AQSHga etib bordi.

8-15 mart kunlari AQSHning Las-Vegas shahrida og'ir atletika bo'yicha o'smirlar o'rtasida navbatdagi jahon chempionati bahslari bo'lib o'tadi. Etiborlisi, unda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ham ishtirok etadi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHahrullo Mahmudov boshchiligidagi mamlakatimiz sport delegaciyasining bir qismi, aniqrog'i qizlar terma jamoasi kecha okean ortiga etib bordi hamda endi mashg'ulotlar AQSHda davom ettiriladi.

Jamoa tarkibidan o'tgan yili Argentinada bo'lib o'tgan III o'smirlar yozgi Olimpiadasi g'olibi, O'zbekiston sporti tarixida qizlar o'rtasidagi birinchi jahon chempioniga aylangan Kumushxon Fayzullaeva kabi istedodli sportchilar o'rin olgan.

Jamoamiz tarkibi:

-55 kg: Og'abek Nafasov;

-67 kg: Hojiakbar Olimov, Asadbek Narimonov;

-73 kg: Og'abek To'xtaev;

-96 kg: Mirhosil Mirzaboev;

-45 kg: Nigora Abdullaeva;

-59 kg: Nigora Suvonova;

-64 kg: Kumushxon Fayzullaeva;

-76 kg: Tursunoy Jabborova.

Jahon chempionatida sayyoramizning yuzga yaqin davlatidan yosh atletlar ishtirok etishi kutilmoqda. Qizlarimiz Las-Vegasda tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib borayotgan bo'lsa, o'smirlarimiz AQSHga 7 mart kuni etib boradi.

SHu o'rinda takidlash joiz, so'nggi yillarda og'ir atletikachilarimiz birorta nufuzli xalqaro musobaqadan medalsiz qaytishmayapti. Umid qilamizki, bu gal ham anana davom etadi. Terma jamoamiz azolarining dastlabki chiqishi 9 martga belgilangan. Jahon chempionati bahslari esa 15 martga qadar davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing