So’nggi yangiliklar

12:58"Аспиналлни тезроқ октагонга қайтариш керак" - собиқ чемпион 0 12:34Жалолов билан жанг қилиши мумкинлиги айтилган Мурат Гассиев Тайсон Фьюрига қарши рингга чиқиши мумкин 0 12:07"Биз айнан шу зарбани ишлагандик" - Сонг Ядонг нокаут ҳақида 0 11:40"Барселона" ҳимоячиси € 8,5 млн эвазига "Реал Сосьедад"га ўтди 0 11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 07:54"Интер Майами" "Монреаль"ни тор-мор этди. Мессидан покер 0 07:31Оғир вазн келажаги сифатида эътироф этилган Мозес Итаумани чуқур нокаутга учратишди 0 22:32Lausanne Grand Slam 2026. Ўзбекистон терма жамоаси иккинчи кунни ҳам медаль билан якунлади 0 21:11Шоҳсанам Шерзодова ва Нилуфар Зокирова жаҳон чемпионати кумуш медали совриндори 0

01 apr 15:19
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika: O'zbekiston chempionati hal qiluvchi pallada

CHirchiq shahridagi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati davom etmoqda.

Kecha bir qator vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlandi. Ammo, ko'pchilik muxlislarning etibori shu kuni 73 kg.gacha bo'lgan vazn toifasidagi bahslarga qaratildi. Sababi, ushbu vaznda biryo'la ikki nomdor polvonimiz – Doston Yoqubov va Adhamjon Ergashev o'zaro raqobatlashdi.

Dastlab polvonlar dast ko'tarish mashqida omadlarini sinab ko'rdi. Ushbu yo'nalishda Adhamjon Ergashevning qo'li baland keldi – u 145 kg.lik toshni o'ziga bo'ysundirgan holda kichik oltin medalga sazovor bo'ldi. Doston esa undan atigi bir kilogina past natija qayd etdi va kumush medal bilan taqdirlandi.

Navbat siltab ko'tarish mashqiga keldi. Bu yo'nalishda Dostonning raqiblaridan katta ustunlikka ega ekanligi natijada ham aksini topdi: Yoqubov siltab ko'tarishda 182 kg. natija bilan eng yaqin taqibchisi Adhamjon Ergashevni naqd 7 kiloga ortda qoldirib, kichik oltin medalni qo'lga kiritdi. Ikki kurashda ham tabiiyki Doston g'olib chiqdi. Ushbu vazn toifasida kuchli uchlikka andijonlik Hasanboy Tohirov yakun yasab berdi.

SHuningdek, kecha qizlar o'rtasida -71 kg., -76 kg., -81 kg., -87 kg. hamda +87 kg. vazn toifalarida ham g'oliblar aniqlandi.

Og'ir atletika. O'zbekiston chempionati

Erkaklar. -73 kg:

1. Doston Yoqubov (Toshkent viloyati) – 326 kg (144 kg + 182 kg)

2. Adhamjon Ergashev (Namangan) – 320 kg (145 kg +175 kg)

3. Hasanboy Tohirov (Andijon) – 302 kg (135 kg + 167 kg)


Ayollar. -71 kg:

1. Xusnora Xabirova (Andijon) – 200 kg (87 kg + 113 kg)

2. Laylo Xursanova (Namangan) – 199 kg (92 kg + 107 kg)


-76 kg:

1. Nilufar Kuryazova (Xorazm) – 187 kg (85 kg + 102 kg)

2. Qizlarxon Abduhamidova (Namangan) – 154 kg (74 kg + 80 kg)


-81 kg:

1. Tursunoy Jabborova (Qashqadaryo) – 202 kg (94 kg + 108 kg)

2. Zebo Murodalieva (Andijon) – 150 kg (65 kg + 85 kg)


-87 kg:

1. Dinaxon Tojieva (Qoraqalpog'iston) – 188 kg (80 kg + 108 kg)

2. Zebo Mamarajabova (Navoiy) – 141 kg (64 kg + 77 kg)


+87 kg:

1. Dolera Davronova (Navoiy) – 222 kg (93 kg + 129 kg)

2. SHodmonoy Ochilova (Qashqadaryo) – 160 kg (75 kg + 85 kg)

Ertaga musobaqaning so'nggi kunida erkaklar o'rtasida og'ir vazn toifalarida bahslar bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing