So’nggi yangiliklar

11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 07:54"Интер Майами" "Монреаль"ни тор-мор этди. Мессидан покер 0 07:31Оғир вазн келажаги сифатида эътироф этилган Мозес Итаумани чуқур нокаутга учратишди 0 22:32Lausanne Grand Slam 2026. Ўзбекистон терма жамоаси иккинчи кунни ҳам медаль билан якунлади 0 21:11Шоҳсанам Шерзодова ва Нилуфар Зокирова жаҳон чемпионати кумуш медали совриндори 0 20:44Робиньонинг 18 ёшли ўғли "Женоа"га ўтмоқда 0 20:18UFC Fight Night 286 турнирининг бонуслари кимларга насиб этди? 0 19:53Бобуржон Тагиев Mangu 5 турнирида жанг қилади. Рақиб маълум + ПОСТЕР 0 19:19UFC Fight Night 286 турнирининг барча натижалари: Ўнта финишли жанг, Нурмагомедовда нокаут 0

19 sen 16:26
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. O'zbekiston kubogi bahslari qizg'in pallasida

Musobaqaning navbatdagi kunida supachaga dastlab 64 va 71 kg vazn toifasi vakilalari hamda 81 kggacha bo'lgan erkaklar ko'tarilishdi.

Madinabonu Jo'raeva ishonchni oqladi

-64 kg sportchilarda Farg'ona viloyati vakilasiga teng keladigan raqib topilmadi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azosi bo'lgan Madinabonu Jo'raeva dast ko'tarish mashqida 80 kgni ishonch bilan jilovladi, uchinchi urinishda esa 83 kg tosh unga bo'ysunmadi.  

Madinabonuga xorazmlik Abdullaeva SHaxloxon qarshilik ko'rsatishga urindi. U dast ko'tarish mashqida ikkinchi urinishida 78 kgni ko'tara olmagan bo'lsada, keyingi chiqishda 79 kg toshni bo'ysundira oldi va mashqni ikkinchi o'rinda yakunladi.

Kuchli uchlikni 72 kg natija bilan Toshkent viloyatidan Velidova Elina yakunlab berdi.  

Siltab ko'tarish mashqida ham Madinabonu raqibalaridan bir bosh ustunligini isbotlay oldi. Birinchi urinishdayoq 96 kg natija ko'rsatib, etakchiga aylangan Jo'raeva raqibalari barcha imkoniyatdan foydalanib bo'lgani hamda hech bir raqib o'zidan o'tib keta olmasligi aniq bo'lgach, keyingi urinishlarga chiqmaslikka qaror qildi.

Ikki kurashda ikkinchi o'rin siltab ko'tarish mashqida Elina Velidovani (1 kg farq) oldinga o'tkazib yuborgan bo'lsada, Abdullaeva SHaxloxonga nasib etdi. 

Toshkent viloyati vakilasi Velidova esa ikki kurashda 165 kg natija bilan uchinchi o'rinni band etdi. 


Ayollar, 64 kg

1. Madinabonu Jo'raeva (Farg'ona) - 176 (80+96) kg;

2. Abdullaeva SHaxloxon (Xorazm) - 171 (79+92) kg;

3. Velidova Elina (Toshkent viloyati) - 165 (72+93) kg.



Buxorolik Barchinoyga teng keladigan raqib topilmadi

Ayollar o'rtasida -71 kg vazn toifasi ishtirokchilari o'rtasidagi kurashda buxorolik Eshqulova Barchinoyga munosib qarshilik ko'rsata oladigan raqib topilmadi.

Barchinoy birinchi urinishdayoq 83 kgni dast ko'tarib, birinchi o'rinni naqd qilib qo'ydi. Keyingi urinishlarda 87 kg tosh unga bo'ysunmadi. SHunday bo'lsada, eng yaqin taqibchi bilan oradagi farq 19 kgni tashkil etganini alohida takidlash lozim.

Ikkinchi o'rin sirdaryolik Axadova Mavludaxonga nasib etdi. 64 kg natija qayd etgan sportchi barcha uch urinishini muvaffaqiyatli bajargan yagona sportchiga aylandi. 

Uchinchi o'rin esa Namangan vakilasi Tursunboeva Xusnidaga nasib qildi. Vaznidagilar ichida eng yosh bo'lgan (2006 yil) sportchi qizimiz 60 kg toshni o'ziga bo'ysundira oldi. 

Takidlash lozim, g'oliblik uchun Eshqulova Barchinoy bilan raqobat qilish kutilgan Dadamirzaeva Gulshoda 80 kg toshni uch urinishda ham o'ziga bo'ysundira olmadi va kurashdan chiqib ketdi. 

Siltab ko'tarish mashqida ham Barchinoy tengsiz bo'ldi. Har uch urinishini muvafaqiyatli bajargan sportchimiz 112 kg natija qayd etdi. 

Dast ko'tarishda omadsizlikka uchragan Dadamirzaeva 100 kg bilan ikkinchi bo'lgan bo'lsa, uchinchi o'rin navoiylik Sadullaeva SHaxrizodaga nasib qildi. 

Ikki kurash natijasiga ko'ra kuchli uchlik quyidagicha ko'rinish oldi:

Ayollar, 71 kg.

1. Eshqulova Barchinoy (Buxoro) - 195 (83+112);  

2. Axadova Mavludaxon (Sirdaryo) - 141 (64+77) kg;

3. Sadullaeva SHaxrizoda (Navoiy) - 139 (58+81) kg.


Oltin va kumush Namanganga nasib qildi

Erkaklar o'rtasida -81 kg vazn toifasida kutilganidek, Muhammadqodir Toshtemirov yaqqol ustunlikka ega bo'ldi. 

O'zbekiston terma jamoasi azosi, yoshlar o'rtasidagi jahon chempioni dast ko'tarish mashqida 165 kg, siltab ko'tarishda 196 kgni o'ziga bo'ysundirdi va ikki kurashda 361 kg ko'rsatkich bilan eng yaqin taqibchisini 90 kgga ortda qoldirdi.

Ikkinchi o'rin yana bir namanganlik sportchi Do'lanov Abbosga nasib qildi. U dast ko'tarish mashqida 131 kg tosh ko'targan bo'lsa, siltab ko'tarishda 160 kg bilan cheklandi. Oxirgi urinishda 165 kgga kuchi etmagan bo'lsada, Do'lanov ikkinchilikni boshqalarga berib qo'ymadi.  

Uchinchi o'rin Samarqand atleti Mardiev Bektemirga nasib qildi. Dast ko'tarish mashqida 128, siltab ko'tarish mashqida 162 kg shtangani bo'ysundira olgan Bektemir kumush medal uchun kurashda raqibidan bor yo'g'i 1 kgga ortda qolib ketdi. 

Erkaklar, -81 kg

1. Toshtemirov Muhammadqodir (Namangan) - 361 (165+196) kg;  

2. Do'lanov Abbos (Namangan) - 291 (131+160) kg;

3. Mardiev Bektemir (Samarqand) - 290 (128+162) kg.

P.S: Kunning ikkinchi yarmida yana ikki guruh bahslari bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

   
19 sen 23:24:58
Jasurbek Jorabaev
1 уриндаги 361 кг олган, 2-уриндаги 391 кг))) зура канча кам кутарса шунча юкори уринда)
   
19 sen 23:23:01
Jasurbek Jorabaev
Зур математиклар экан сайтдагилар, даст кутариш билан силтаб кутариш жамисига, эркакларга 100 кг дан кушиб ташадилар)
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing