So’nggi yangiliklar

17:46АПЛ 1-тур ўйинлари бир дақиқалик сукут билан бошланади 0 17:23Мужибилло Турсунов WBC Гран-присидаги ғалабали юришини давом эттирди 0 16:59UFC жангчиларнинг гонорар ва бонусларини оширади 0 16:38ATFC кейинги турнирини Гулистонда ўтказади 0 16:17Иноуэ — Аҳмадалиев жанги учун чиқарилган чипталар икки соатда сотиб бўлинди 0 15:56Йоахим Лёв Ўзбекистон терма жамоаси таклифига жавоб берди 0 15:35Конор Макгрегор: "Хайр, PPV! Мен қирол эдим" 0 15:14Ўзбекистон пара каноэ терма жамоаси Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 14:53Нурсултон Рўзибоев: "Менда ҳам тил бор" 0 14:32Жанлуижи Доннарумма АПЛ жамоаси билан келишувга эришди 0 14:11"Мен овчиман, қурбон эмас" - Дю Плесси Чимаевга қарши жанг ҳақида 0 13:50Шара Буллет навбатдаги жангини қачон ўтказиши ҳақида гапирди 0 13:29Анвар Анваров Венгриядаги турнирда бронза медалини қўлга киритди 0 13:08"Ливерпуль" Англия терма жамоаси футболчиси билан шахсий шартнома бўйича келишувга эришди 0 12:47Мужибилло Турсунов ва Аюбхон Бахтиёров бугун WBC Гран-присида навбатдаги жангини ўтказишади 0

14 mar 13:36
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. Yoshlarimiz JCHdan 16 ta medal bilan qaytishmoqda

AQSHning Las-Vegas shahri mezbonlik qilayotgan og'ir atletika bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi JCHda yana bir xushxabar.

Biroz avval qizlarimizdan Tursunoy Jabborova (-81 kg) 1 ta oltin, 2 ta kumush medallarini qo'lga kiritgani haqida xabar bergan edik.

Yigitlarimizdan Mirhosil Mirzaboev ham terma jamoamiz g'aznasiga 2 ta bronza medalini qo'shib qo'ydi. -96 kg vazn toifasida supachaga chiqqan Mirzaboev dast ko'tarish mashqida 143 kg bilan bronza medaliga ega chiqqan bo'lsa, ikki kurashda ham shu o'rnini saqlab qola oldi.

Og'ir atletika. O'smirlar o'rtasida JCH. Las-Vegas, AQSH

Yigitlar, -96 kg

1. Raxat Bekbolat (Qozog'iston) – 323 kg
2. O'nur Demirchi (Turkiya) – 315 kg
3. Mirhosil Mirzaboev (O'zbekiston) – 311 kg


SHuning bilan terma jamoamiz vakillarining musobaqadagi ishtiroki yakunlandi. Polvonlarimiz ushbu dunyo birinchiligida jami 16 ta medal jamg'arishga muvaffaq bo'lishdi. SHulardan 8 tasi oltin, 6 tasi kumush, va 2 tasi bronza medallaridir. 

JCHda shohsupaga ko'tarilgan sportchilarimiz:

Og'abek Nafasov – 2 ta kumush
Nigora Abdullaeva – 3 ta oltin
Asadbek Narimonov – 1 ta oltin, 2 ta kumush
Kumushxon Fayzullaeva – 3 ta oltin
Tursunoy Jabborova – 1 ta oltin, 2 ta kumush
Mirhosil Mirzaboev – 2 ta bronza

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing