24 sen 21:13
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletikachi Diyorbek Ermatov yoshlar o'rtasida Jahon chempioniga aylandi
SHu kunlarda Ispaniyaning Leon shahrida og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati o'tkazilmoqda.
Musobaqaning bugungi kuni doirasida erkaklar o'rtasidagi -89 kg vazn toifasida “A” guruh bahslari bo'lib o'tdi.
Quvonarlisi, ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Diyorbek Ermatov dast ko'tarishda 162 kg natija bilan oltin medalga sazovor bo'ldi. Vakilimiz siltab ko'tarishda 186 kg (5-o'rin) va ikkikurashda 348 kg natija qayd etdi (4-o'rin).
Avvalroq, mazkur JCHda Nigora Abdullaeva kumush va bronza, Husinboy Matrasulov kumush medalni qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : t.me/uzbek_weightlifting
Fikrlar