28 may 12:30
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletikachilarimiz jahon chempionatiga yo'l olishdi
1-8 iyun kunlari Fijining Suva shahrida og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'ratsida navbatdagi jahon chempionati bo'lib o'tadi.
Ushbu musobaqada ishtirok etadigan terma jamoamiz vakillari bugun erta tongda Fiji safariga yo'l olishdi. Takidlash joiz, musobaqa Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etishi bilan yanada ahamiyatli. SHu bois ham unda sayyoramizning eng sara yosh polvonlari bahs olib borishadi.
Musobaqada terma jamoamiz sharafini 2 nafar atletimiz Adhamjon Ergashev (-67 kg) va Akbar Jo'raev (-109 kg) himoya qilishsa, ularga Jo'rabek Zairov murabbiylik qiladi. SHuningdek, delegaciya rahbari sifatida Osiyo og'ir atletika federaciyasi vice-prezidenti, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbonsari SHahrullo Mahmudov ham Fijiga jo'nab ketdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar