So’nggi yangiliklar

09:17Кайо Борральонинг навбатдаги жанги ҳақида маълумот берилди 0 08:56Бо Никал Йоэл Ромеродан чемпионлик камарини ҳимоя қиладими? 0 08:35Ўзбекистон вакиллари ФИФАнинг "The Best" мукофоти учун кимларга овоз берди? 0 08:14Пэдди Пимблетт - Жастин Гэтжи жанги учун захира варианти айтилди 0 07:53Илҳом Назимовнинг RIZIN промоушенидаги навбатдаги жанги тасдиқланди 0 07:32UFC ярим ўрта вазн рейтингида бу йил умуман жанг ўтказмаган Раҳмонов кўтарилди 0 07:11Испания Кубоги. "Барселона" учинчи дивизион жамоасини мағлуб этди 0 19:0046 ёшли Пакьяо 2026 йилдаги режасини очиқлади 0 18:38Фёдор Емельяненко Нганну - Немков эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 18:15"Менга Чимаев эмас, UFC камари керак" - Нассурдин Имавов 0 17:40Шомуродов рамзий жамоадан жой олди 0 17:17Илия Топурия Пэдди Пимблеттга бўлган муносабати ҳақида гапирди 0 16:41"Шундагина унинг имконияти бўлади". Жастин Гэтжи Пэдди Пимблетт уни қандай мағлуб этиши мумкинлигини айтди 0 16:20Алекс Перейра Оқ уйдаги UFC турнирида қатнашиш нияти йўқлигига шаъма қилди 0 15:59Ўтиш ўйини. "Бухоро" "Арал"ни мағлуб этди ва Суперлигада қолди 0

05 noy 15:38
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletikachilarimiz Peruga jo'nab ketishdi

8-11 noyabr kunlari Peru poytaxti Lima shahrida og'ir atletika bo'yicha nufuzli Gran-pri musobaqasi bo'lib o'tadi.

Dunyoning eng sara atletlari qatnashadigan mazkur musobaqada terma jamoamizning 3 nafar vakili Adhamjon Ergashev (-67 kg), Doston Yoqubov (-73 kg) va Muattar Nabieva (-55 kg) yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Ushbu musobaqada jahonning eng sara yulduzlari ishtirok etishadi. Unda qatnashish uchun Xalqaro og'ir atletika federaciyasi maxsus taklifnoma jo'natgan bo'lishi kerak. Bunday musobaqani o'tkazishdan maqsad kelasi yilgi Olimpiya o'yinlarida “A” guruhida ishtirok etishi kutiladigan sportchilarni to'plab, ular orasida shiddatli raqobat yuzaga keltirishdir. Umid qilamizki, yurtimiz nomidan taklif etilgan 3 atletimiz o'zlariga bildirilgan ishonchni oqlay olishadi”, – dedi O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHahrullo Mahmudov.

«Bu kabi musobaqada birinchi marta ishtirok etishim. Unda har bir vazn toifasining eng kuchli sportchilari qatnashadi. Qolaversa, turnir o'tadigan mamlakat ham ancha olisda bo'lgani uchun sal avvalroq borishimiz kerak. Federaciyamiz, xalqimiz bizga ishonch bildirib turishibdi. Nasib qilsa, bu ishonchni, albatta, oqlab qaytamiz«, – dedi Adhamjon Ergashev.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing