So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

19 iyu 13:19
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletikachilarimiz Rossiya va Qozog'istonda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshlashdi

Og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasi azolari Rossiyaning Kislovodsk shahrida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshlab yuborishdi.

Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan tashkillashtirilgan ushbu yig'inda terma jamoamizning 10 nafar azosi ishtirok etmoqda. Ular ichida 3 nafar atlet yoshlar terma jamoasi azosi ham hisoblanadi. Ushbu yig'in kattalar uchun Jakartada bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik vazifasini bajarsa, yoshlarimiz Toshkent shahri mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga hozirlik ko'rishmoqda. Atletlarimiz Kislovodskka shifokor va 2 nafar murabbiy hamrohligida yo'l olganlar.

Qizlarimiz esa Toshkentda bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlikni Qozog'istonning Tekeli shahrida olib bormoqdalar. Ushbu yig'in doirasida ular nafaqat Toshkentdagi jahon chempionati, balki, Buenos-Ayresda bo'lib o'tadigan o'smirlar Olimpiya o'yinlariga ham tayyorlanadilar. Yig'inda qizlar terma jamoasining 15 nafar azosi ishtirok etmoqda.

Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz musobaqada quyidagi tarkibda qatnashadi:

Yigitlar:

-62 kg: Muhammadali Kahramonov
-69 kg: Adhamjon Ergashev
-69 kg: Hakimjon SHamsiddinov
-77 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-77 kg: G'ayrat Aytmuratov
-85 kg: Zaynobiddin Mahamadaminov
-94 kg: Azimjon Xojiev
-105 kg: Akbar Jo'raev,
-105 kg: Saidmuxtor Saidahrorov
+105 kg: SHaxmerdan Kemalov.

Qizlar:

-48 kg: Zuhra Otajonova
-58 kg: Sayyora Esbergenova
-63 kg: Kumushxon Fayzullaeva
-69 kg: Zarnigor Abduraxmonova
-69 kg: Layloxon Xursanova
-69 kg: Bazargul Rambergenova
-75 kg: Gulnoza Ahmadova
-75 kg: Tursunoy Jabborova
-90 kg: Dolera Davronova
-90 kg: SHodmonoy Ochilova

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing