So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

23 may 10:37
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletikachilarimizning Tokio Olimpiadasi uchun reytingdagi o'rni bilan tanishing

Yaponiya poytaxti mezbonlik qiladigan navbatdagi Olimpiya o'yinlariga ham kun sayin yaqinlashib bormoqdamiz.

Sportchilar uchun o'tayotgan har bir kun g'animat. Zero, ko'plab sport turlarida Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olish uchun reyting ochkolarini yig'ish bo'yicha o'ziga xos poyga kechmoqda.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi navbati bilan reyting asosida yo'llanma beriladigan sport turlari bo'yicha hamyurtlarimizning holati haqida sizlarga malum qilib boradi. Ayni paytda og'ir atletika bo'yicha terma jamoamiz vakillarining Olimpiada reytingidagi o'rni haqida malum qilamiz:

Erkaklar:
-61 kg:
1. Fabin Li (Xitoy) – 2176 ochko (312 kg)
6. Adhamjon Ergashev – 1835 ochko (293 kg) (yo'llanma zonasida)

-67 kg:
1. Liyu CHen (Xitoy) – 2301 ochko (339 kg)
7. Doston Yoqubov – 1858 ochko (319 kg) (yo'llanma zonasida)
8. Adhamjon Ergashev – 1835 ochko (316 kg) (yo'llanma zonasida)

-73 kg:
1. CHjiyon SHi (Xitoy) – 2485 ochko (362 kg)
12. Doston Yoqubov – 1858 ochko (326 kg) (yo'llanma zonasida emas)

-81 kg:
1. Dayin Li (Xitoy) – 2258 ochko (375 kg)
. . .

-96 kg:
1. Tao Tiyan (Xitoy) – 2255 ochko (407 kg)
19. Sunnatilla O'sarov – 1510 ochko (346 kg) (yo'llanma zonasida emas)

-109 kg:
1. Simon Martirasyan (Armaniston) – 2323 ochko (435 kg)
3. Akbar Jo'raev – 1916 ochko (410 kg) (yo'llanma zonasida)

+109 kg:
1. Lasha Talaxadze (Gruziya) – 2593 ochko (478 kg)
. . .

Ayollar: 
-55 kg:
1. Cuyun Liyao (Xitoy) – 2200 ochko (224 kg)
4. Muattar Nabieva – 1801 ochko (212 kg) (yo'llanma zonasida)

Izoh:
1. Ro'yxatda yo'llanma zonasiga yaqin sportchilarimiz nomi keltirib o'tilgan
2. Reglamentga ko'ra, Tokio Olimpiadasida har bir vaznda 14 nafar atlet ishtirok etishi belgilangan. Ushbu reytingda kuchli sakkizlikdan joy olgan sportchilar to'ridan to'g'ri licenziya egasiga aylansa, qolgan 6 kvota qo'shimcha ko'rsatkichlar asosida taqsimlanadi.
3. Bir sportchi Olimpiada saralashida turli vazn toifalarida ishtirok etishi va yo'llanma olishi mumkin. Biroq yakunda qaysi yo'nalishda ro'yxatdan o'tishini milliy federaciya va MOQ tanlaydi
4. Har bir terma jamoa erkaklar va ayollar o'rtasida 4 tadan, jami 8 ta kvota olishi mumkin. Olimpiya vazn toifalari esa 7 tadan. Aytaylik, agar bir terma jamoaning 4 nafardan ko'proq ishtirokchisi yo'llanma olsa, bu holatda ham qaysi vazn toifasidagi atlet Olimpiadada ishtirok etishini milliy federaciya va MOQ tanlash huquqiga ega.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing