07 avg 17:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Og'ir vaznli Korme mashg'ulotlarda engil vaznli Xabibga qarshi qiynalgani haqida gapirdi
UFCning og'ir vazndagi sobiq chempioni Daniel Korme engil vazn chempioni Xabib Nurmagomedov bilan sparring haqida gapirib berdi.
Malumot uchun Korme va Nurmagomedov AQSHda bitta zalda mashg'ulot o'tkazishadi.
"Men og'ir vaznli sportchiman. Bunday bo'lmasligi kerak edi. U engil vazn, lekin juda kuchli.
Uning tagida qolib ketganimni eslayman. O'zimga "Endi turib olaman" dedim. Tezda chaqqonlik bilan turib olmoqchi edim, ammo u meni ushlab qolgan.
Yaxshigina ter to'kishimga to'g'ri kelgan. Og'ir bo'lgandi. Bunday bo'lmasligi kerak. CHunki u engil vazn jangchisi. Endi jang vaqtida uning raqiblariga qanday qiyinligini tasavvur qilavering", - dedi Korme.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar