21 may 13:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Okean domiga tortib ketgan mashhur restlerning jasadi topildi
Los-Anjeles policiyasi mashhur restler SHed Gaspardning jonsiz jasadini okean tubidan qirg'oqqa olib chiqdi.
Avval xabar berganimizdek, amerikalik restler 17 may kuni turmush o'rtog'i va 10 yashar o'g'li bilan Los-Anjeles sohillarining birida cho'milayotganda kuchlm to'lqin okean domiga tortib ketgandi.
Qutqaruvchilar restlerning farzandini qutqarib qolishga muvaffaq bo'lishgandi. Ammo, to'lqin 39 yoshli Gaspard oqizib ketgan edi. Policiya mahkamasida SHed Gaspardning turmush o'rtog'i va yaqinlari jasadning restler ekanini tasdiqlashdi.
Havola :
Fikrlar