So’nggi yangiliklar

18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0

16 apr 21:50
Yangiliklar

Boks/MMA

"Olamsport.com" Bangkokda, Osiyo chempionatidan jonli yoritamiz

7 soatlik parvozdan so'ng Tailand poytaxti Bangkok shahriga etib bordik.

Yaxshi bilasiz, 19 aprel kuni bu erda boks bo'yicha Osiyo chempionati start oladi. O'zbekiston terma jamoasi ilk marotaba qita birinchiligida katta delegaciya bilan ishtirok etmoqda. Erkaklar o'rtasidagi bahslarda 10, ayollar o'rtasidagi bellashuvlarda esa 9 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladi. 

Terma jamoamiz sportchilari 13 aprel kuni musobaqa joyiga etib borishgan va u erda mashg'ulotlarni boshlab yuborishgandi. CHarm qo'lqop ustalarimiz Bangkokda O'zbekiston boks federaciyasi tomonidan ijaraga olingan, barcha sharoitlarga ega maxsus sport zalida musobaqaga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib bormoqdalar. Mashg'ulotlardan suratlar va videoni avvalroq etiboringizga havola qilgandik. SHaharda havo harorati 30 darajani tashkil etmoqda. Namlik esa 80 foizdan ortiq. Bokschilarimiz uchun iqlimga moslashish jarayonini imkon qadar tezroq o'tkazib olishlari talab etiladi.

Bahslar Bangkokdagi "Huamark Indoor Stadium" arenasida tashkil etiladi. Tailanddagi mashhur "Rajamangala" stadioni oldida joylashgan. Biz istiqomat qilayotgan "Inter Place Hotel Bangkok" mehmonxonasidan piyoda yurib borilganda 10-15 daqiqalik yo'l. Hozircha ushbu musobaqani bevosita yoritish uchun tashrif buyurgan o'zbekistonlik OAV xodimlaridan faqatgina kamina Aziz To'xtamurodov bor. Imkon darajasida Osiyo chempionati, musobaqa atrofidagi voqeliklardan siz muxlislarni xabardor qilib borishga harakat qilaman. Bir necha kundan so'ng yana bir necha hamkasblarimiz Bangkokka etib kelishlari kutilmoqda. Hozircha musobaqa "Sport TV" orqali jonli efirda namoyish etilishi so'roq ostida. Jonli efir borasida ish olib borilmoqda. Tashkiliy masalalar hal etilsa, nasib qilsa o'zbekistonlik boks shinavandalari musobaqani oynai jahon orqali tomosha qilishlari mumkin bo'ladi. 

Ertadan rasmiy tadbirlar boshlanadi. 18 aprel kuni rasmiy qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Asosiy bahslar esa takidlab o'tganimizdek, 19 aprel kuni start oladi. 

Fursatdan foydalanib, mazkur qita birinchiligini bevosita voqea joyidan yoritishni tashkil etishda tashabbus ko'rsatgan O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. 

Demak, yaqin 10 kun "qaynoq" bo'ladi. Osiyo chempionatini biz bilan birga kuzating!

Aziz To'xtamurodov, Bangkok shahridan


P.S. Hozircha surat olishning imkoniyati bo'lmadi. Nasib qilsa, kelgusi kundaliklarimizda albatta Tailand poytaxtidan eksklyuziv suratlarni taqdim etamiz.

Reyting:    

Fikrlar

   
17 apr 11:00:38
Olim Olim
Мумкун!!!!!
   
17 apr 11:00:17
Olim Olim
Мумкун!!!!!
   
17 apr 10:56:56
Olim Olim
Мумкун деб езишипдику,демак хали номалум
   
16 apr 23:48:48
sherzod boks
Uzreport tv 26 va 27-aprel dagi yarim final va final janglarini jonli olib beradi.sport tv esa Gamburgdagi jahon chempionatiga uxshab bu chempionatni olib bermas a kerak.chunki olib berganda allaqachon reklama qilardi
   
16 apr 23:48:43
sherzod boks
Uzreport tv 26 va 27-aprel dagi yarim final va final janglarini jonli olib beradi.sport tv esa Gamburgdagi jahon chempionatiga uxshab bu chempionatni olib bermas a kerak.chunki olib berganda allaqachon reklama qilardi
   
16 apr 23:02:37
Michael Owen
Uzreport telekanali faqat final janglarini live olib beradi ekan toliq olib beradikan uzbek kanali bolami ekan ozi
   
16 apr 22:37:53
Jalol Axmedov
yaxshi bobdi bu. musobaqa kunlarida ringga chiqadigan hamyurtlarimiz va jang taxminiy soatlari kunlik elon qilinglar iltimos
   
16 apr 22:07:13
Руслон Полвонов
Рахмат оламспорт
   
16 apr 22:04:42
Nuriddin 77
E gap yòq sizga borekansizu jonli efirdan qòyib berolsanglar zòr bòlardi yana har 1 2 soatda òsha musobaqa haqida yangiliklar,tushish vaqtlarini yoritib borsanglar hamma hammasini qisenglar yahshi bòlardi ishinglarga omad charchamanglar oldindan rahmat.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing