09 avg 14:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Oleynikni nokaut qilgan Lyuis: Nafas ololmay qoldim
Bugungi jangda Aleksey Oleynikni nokautga uchratgan UFC jangchisi Derrik Lyuis g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Birinchi raundda u britancha buldog bo'lib chiqdi yoki bu bo'g'ish qanday nomlanadi?
U meni yaxshigina ushlab oldi va men nafas ololmay qoldim. Birinchi raund tugab qolganidan xursand bo'ldim.
G'alaba qozonish va o'zim bo'lishim lozim bo'lgan joyda turishim ajoyib. Boshqa vazn tashlashni amalga oshirmay janglarni qabul qilmayman. 15-20 funt vazn tashlash kerak", - dedi Lyuis.
Eslatib o'tamiz, bugun o'tkazilgan UFC Fight Nigt 174 turnirida Lyuis ikkinchi raundda Oleynikni nokautga uchratdi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar