So’nggi yangiliklar

19:01"Бавария" "Барселона" собиқ вингерига қизиқиш билдирмоқда 0 18:39Перейра - Анкалаев жанги ташкил этилса, ким ғалаба қозонади? Хилл жавоб берди 0 18:17Ёш стол теннисчилармизнинг Жаҳон чемпионатидаги иштироки давом этмоқда 0 17:54Жонс UFC'даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 17:29Йўғе?! "Тоттенхэм" посбони "Ман Сити"га қарши 60 дақиқа синган оёқ билан ўйнаган 0 17:14Абдулҳаким Шаубаев Осиё Kukmuwon федерацияси президенти этиб сайланди 0 17:06"Амирхон Алихўжаев мен билан жанг қилишдан бош тортди" - тожикистонлик спортчи 0 16:45Артур Бетербиев Бивол билан реванш масаласида мухлисларга мурожаат қилди 0 16:23Аёллар терма жамоамизнинг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 16:01"Ньюкасл" Серхио Рамосга қандай шартнома таклиф қилиши маълум 0 15:39Магомед Анкалаев Перейрага қарши қачон бўлиши ҳақида гапирди 0 15:17Бунгача қайси мамлакатларда Президентлар МОҚ раҳбари бўлган? 0 15:14МОҚнинг қолган раис ўринбосарлари тақдири нима бўлади? 0 14:53"Жошуа учун бу профессионал спортдаги сўнгги йил бўлиши мумкин" — Хирн 0 14:29"Манчестер Сити" учун АПЛ кейинги ҳафта тугайди, агар..." 0

18 jan 13:33
Yangiliklar

Futbol

O'lib borayotgan rus futboli...

Teglar :  RossiyaGosduma
Yoxud futbolni o'ldirayotgan rossiyalik deputatlar.

2022 yil shubhasiz rus futboli uchun og'ir keldi: evrokuboklardan quruq qolgan klublar, UEFAdan chetlatilgan terma jamoa va chempionatni tark etayotgan legionerlar. Rus futboli duch kelgan muammolar, futbolga oid bo'lmagan hodisalarga bog'liqligi aniq, lekin rossiyalik amaldorlar o'z futbolini "o'ldirmoqda" desam ishonasizmi? Katta ehtimol bilan yo'q, lekin aslida shunday!

Qiyin ahvolga tushib qolgan rus futbolidan endi muxlislar ham yuz o'girmoqda.

2021 yil 17 dekabr kuni Rossiya "Gosduma"si futbol musobaqalariga muxlislarning tashrif buyurishi bo'yicha yangi qonun qabul qildi. Ushbu qonun bo'yicha har bir muxlis futbol uchrashuviga tashrif buyurishidan oldin "raqamli pasport", aniqrog'i, "Fan ID" hujjatini rasmiylashtirishga majbur. Yangi qonunning asosiy maqsadi stadionlarda xavfsizlikni oshirishga yo'naltirilgan, deya tariflab o'tgan edi Rossiya sport vazirligi. 2021 yil 30 dekabrda esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Fan ID" bo'yicha farmonga imzo chekdi. Ushbu qoida 2022 yil 1 iyun sanasidan Rossiya milliy chempionati (RPL) va Rossiya Kubogi final bahsida amal qiladigan bo'ldi.



Qanday qilib "Fan ID" olish mumkin?

Rossiya sport vazirligi 4 iyuldan boshlab "Fan ID" berilishi boshlanishini elon qildi. Ushbu hujjat RPL va Kubok finali bahsiga tashrif buyurish uchun: muxlislar, xodimlar, VIP-mehmonlar va hatto jurnalistlardan ham talab etiladi.

"Muxlis pasporti (Fan ID) yangi ixtiro emas, u stadionlardagi mavjud xavfsizlik tizimini takomillashtiradi, musobaqalarga kirish uchun yangi standart yaratadi. Uchrashuv chiptalari hozirda qadrsizlantirilmoqda va sud qarori bilan stadionga yoki boshqa sport inshootiga kirishi taqiqlangan fuqarolar bundan foydalanmoqda. Bundan tashqari, muxlislarning shaxsiy malumotlari klublarning arxiv tizimlarida saqlanar edi. Endilikda muxlisning elektron kartasi rasmiylashtirilganda barcha malumotlar davlat xizmatlari tizimida saqlanadi va himoya qilinadi", – deya izoh berilgan Rossiya sport vazirligining "Fan ID" haqidagi xabarida.

"Fan ID" hujjatini rasmiylashtirmoqchi bo'lgan har bir fuqaro Rossiyaning davlat xizmatlari saytida ariza topshiradi va u 72 soat ichida ko'rib chiqiladi. Agar ariza qanoatlantirilsa, fuqaro MFC (yani davlat xizmatlari) punktlariga tashrif buyurishi kerak, shundan so'ng fuqaro o'z hujjatini qabul qilib olishi mumkin. "Fan ID" pasportiga hujjat topshirgan fuqarolarning arizasi har doim ham tasdiqdan o'tmaydi, agar omadingiz kelmasa, siz rad javobini olishingiz ham mumkin. Bu lotereyaga o'xshaydi, agar siz davlat organlariga "shubhali" shaxs tasavvurini uyg'otsangiz, sizning so'rovingizni rad etishadi.



Nega "Fan ID"dan hamma norozi?

"Fan ID" haqidagi qonun elon qilinganidan so'ng barcha futbolga aloqador insonlar shok holatiga tushishdi. Jurnalistlar ushbu o'zgarishni ko'p tanqid tanqid qildi, muxlislar guruhi yani fan-klublar milliy chempionat bahslariga boykot elon qildi, bunga sabab tariqasida ular xavfsizlikni taminlovchi organlarga bo'ysinmasliklarini, ushbu hujjat esa inson huquqlarini buzishini takidlab o'tishdi. Rossiya klublarining barcha fan-klublari "Fan ID" qonuni kuchga kirishi bilan uchrashuvlarga tashrif buyurmasliklarini elon qilishdi va deputatlardan ushbu qonunni bekor qilish talab qildilar. Rossiya milliy chempionati (RPL) 2022/23 yilgi mavsum doirasida CHechenistonning "Axmat" klubidan tashqari, barcha fan-klublar chempionat uchrashuvlarida ko'rinish bermayapti, bunga sabab ular elon qilgan boykot. "Fan ID"ning qabul qilinishi joriy mavsumdagi stadionga muxlislar tashrifi sonini keskin tushirib yubordi. Joriy mavsum chempionatning birinchi tur bahslariga o'rtacha 8000 muxlis keldi. Covid cheklovlaridan oldingi so'ngi mavsumda (2019/20 yilgi mavsum) esa uchrashuvlarga o'rtacha 23000 tomoshabin tashrif buyurayotgan edi.



Yangi qonundan nafaqat muxlislar, balki futbolchilarning o'zi ham norozi. Rossiya terma jamoasi bosh murabbiy Valeriy Karpin o'z farzandlari Ispaniyada tug'ilgani sabab "Fan ID" hujjatini rasmiylashtira olmaganini aytib o'tdi. 

"Spartak" jamoasining afsonaviy murabbiy Oleg Romancev ham "Fan ID" haqida fikr bildirib o'tdi: "Men 40 yil davomida muxlislar bilan birga bo'ldim, ular meni qaerda bo'lmay qo'llab-quvvatladi, 40 yil bitta likopchada ovqatlandik, yomon va yaxshi davrlarda ham ular men bilan edi, endi esa men ularning tanloviga qarshi bora olmayman. "Fan ID" futbolni tushunmaydigan insonlar tomonidan o'ylab topilgan mantiqsiz qonun".



Rossiya terma jamoasi sardori Georgiy Jikiya ham "Fan ID"ga qarshi ekanligini aytib o'tdi.

"Muxlislar stadionga kelishini istayman. Men ularni tushunaman va ular tarafdaman", – deya takidlab o'tdi "Spartak" sardori.

Rossiyalik futbol ishqibozlari ancha faol muxlislik qilishi hech kimga sir emas, rus muxlislarini Evropada ham tanishadi, ularning Evro-2016dagi angliyalik muxlislar bilan bo'lgan mushtlashuvi ko'pchilikning yodida, lekin "Fan ID"ning qabul qilinishi asosiy sababi tajovuzkor muxlislar emas, balki Rossiyada ro'y bergan namoyishlardir. 

2010 yil qishda "Spartak" jamoasining mashhur muxlisi Egor Sviridov kavkazliklar bilan ro'y bergan janjal oqibatida vafot etadi, unga javoban esa barcha klub muxlislari Kreml yonidagi "Manejnaya" maydonida namoyish o'tkazadi, taxminlarga ko'ra, o'sha mitingda 20000 ga yaqin muxlis ishtirok etgan. Ushbu namoyishlardan so'ng Vladimir Putin shaxsan muxlislar bilan uchrashib, ularni tinchlanishga chaqiradi, rossiyalik futbol mutaxassislarning fikriga ko'ra, o'sha voqea hukumat etiborini tortgan va o'sha voqeadan so'ng muxlislarga qarshi nazorat kuchaygan.

Rossiya klublarining fan-klublariga aloqador "OFnews" nashrining muharriri Andrey "Fan ID" bo'yicha kichik intervyu berdi:

- Rus futboli jamiyati "Fan ID"ni qanday qabul qildi?

- Rossiyada deyarli barcha futbol jamoatchiligi juda salbiy munosabatda bo'ldi – futbolchilar va murabbiylardan tortib, taniqli jurnalistlargacha. Hatto Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin ham "Fan ID" haqida salbiy fikr bildirdi. SHunday bo'ldiki, faqat huquq-tartibot idoralari va deputatlar, yani futbolga hech qanday aloqasi bo'lmagan odamlar ushbu qonun tarafdori.

- Nega "Fan ID" joriy etildi, bunga etarlicha sabablar bormidi? Bunga Evro-2016da Rossiya va Angliya muxlislari o'rtasidagi ro'y bergan mushtlashuvning aloqasi yo'qmi?

- Gap shundaki, muxlis pasportini joriy qilish uchun haqiqiy sabablar yo'q edi. So'nggi yillarda Rossiya stadionlarida jiddiy huquqbuzarliklar ro'y bermadi, odamlar xotirjamlik bilan butun oilalari bilan stadionlarga kelishni boshlashdi. Ha, deyarli har bir jamoa o'z qoidalariga ega bo'lgan fan-sektoriga ega (asosan, bu o'yin davomida jamoani faol qo'llab-quvvatlash). Ammo bu fan sektorlari hech kimni bezovta qilmayotgan edi, aksincha, stadionlarda ajoyib futbol muhitini yaratib kelayotgandi. Agar biz Marseldagi voqealar haqida gapiradigan bo'lsak, u hodisalar albatta o'z tasirini o'tkazgan. Ammo shuni takidlayman, ikkala holatda ham tartibsizliklar stadionlar bilan aloqador emas, u voqealar stadiondan tashqarida ro'y bergan. Hozirda Rossiyada barcha yirik shaharlar, kameralar bilan to'lib-toshgan, xavfsizlik taminlovchi organlar juda qattiq ishlamoqda. "Fan ID"siz ham tartibsizliklar takrorlanaveradi.

- Endi muxlislar guruhi, fan-klublar futbolsiz nima qiladi? "Fan ID"ga qarshi chiqqan insonlarni nima kutmoqda?

- Muxlislar deyarli to'liq tarkib bilan "Fan ID" tizimi joriy etiladigan sport tadbirlarini boykot qiladi. Ayni paytda bularning barchasi RPL va Rossiya Kubogining o'yinlari (faqat finalda "Fan ID" bo'ladi). Keyin nima bo'ladi va muxlis pasporti yana qaerga qo'llanishi nomalum. Xokkey haqida mish-mishlar bor, ammo bu hozircha mish-mishlar.

Rossiyada fanatizm madaniyati allaqachon chuqur inqirozga uchragan. Tabiiyki, "Fan ID"ning joriy etilishi Rossiyadagi muxlislar harakatiga yana bir zarba. Hozircha odamlar boshqa sport turlariga boradi, shuningdek, yoshlar va ayollar jamoalarini qo'llab-quvvatlaydilar. Keyin nima bo'lishini aytish qiyin.

- "Fan ID" yaqin orada bekor qilinishiga ishonasizmi?

- Hech narsani istisno etib bo'lmaydi, lekin hozirda bunday bo'lishiga ishonish qiyin. Lekin biz yilning birinchi yarmida RPL o'yinlarda muxlislarning tashrifi soniga qarashimiz kerak. Agar juda jiddiy pasayish va ko'plab norozi odamlar bo'lsa, unda bazi o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Ammo hozirda men hech qanday murosa nuqtalarini ko'rmayapman. Muxlislar qonunni to'liq bekor qilish tarafdori.

- "Fan ID" bekor qilinishi mumkinmi va muxlislarni yaqin kelajakda nima kutmoqda?

- "Fan ID" qonuni amal qila boshlaganidanoq muxlislar milliy chempionatni boykot qildi va muxlislar ushbu qonun to'liq bekor qilinmaguncha tribunalarga qaytmasligini elon qilgan. Klublar ushbu qonundan jabr ko'rishi aniq, chiptalar sotuvi ancha kamaygan.

Xullas, rus klublari va muxlislari uchun qiyin davrlar boshlandi.


Abdulvosit tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing