16 iyu 21:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Olim Nazarov 1-raundda gruziyalik raqibni nokautga uchratdi FOTOGALEREYA
Xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda poytaxtimizda katta professional boks kechasi bo'lib o'tmoqda.
Hozirgina oqshom doirasidagi oltinchi juftlik jangi ham yakunlandi. O'n raundga mo'ljallangan jang 50 kg vazn toifasida o'tkazildi va birinchi raunddayoq hamyurtimizning g'alabasi bilan yakunlandi.
Unda tajribali charm qo'lqop ustamiz, poytaxtlik Olim Nazarov (27-20-6-1) gruziyalik Mishiko SHubitidze (29-12-14-3)ga qarshi ringga ko'tarildi va birinchi raundda raqibini nokautga uchratdi.
Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar