17 fev 10:24
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
Olimpiada-2018. Figurali uchish bahslarida Misha Ge erkin dasturda chiqish qildi
Figurali uchish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Misha Ge Pxyonchxanda bo'lib o'tayotgan Olimpiya o'yinlarida o'z ishtirokini yakunladi.
Kecha vakilimiz qisqa dasturlardagi chiqishlarda 83,90 ball to'plab, holda 14-o'rinni egallagandi.
Bugun Misha erkin dasturda 161,04 ball jamg'ardi va erkin dastur bo'yicha 17-natijani ko'rsatdi. Umumiy hisobda 244,94 ball to'plagan Misha Ge Pxyonchxan Olimpiadasida 30 nafar sportchi ichida 17-pog'onadan o'rin oldi.
Umumiy hisobda yaponiyalik Yuzuru Xanyu 317,85 ball bilan Olimpiada chempioni bo'ldi. Ikkinchi o'rinni 306,90 ball jamg'argan boshqa bir yaponiyalik sportchi SHoma Uno egalladi. Kuchli uchlikka ispaniyalik Xaver Fernandes (305,24) yakun yasadi.
Sportchimizning ishtirokidan suratlarni saytimizning FOTOGALEREYA bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar