16 fev 12:13
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
Olimpiada-2018. Misha Ge qisqa dasturda chiqish qildi
Bugun Pxyonchxanda bo'lib o'tayotgan qishki Olimpiya o'yinlarida o'zbekistonlik sportchi Misha Ge figurali uchish bo'yicha qisqa dastur bahslarida chiqish qildi.
30 nafar sportchi ichida 16-raqam ostida chiqish qilgan Misha qisqa dastur yakunlariga ko'ra 83,90 ball jamg'ara oldi va sportchilar orasida 14-pog'onaga joylashdi. Endi u ertaga erkin dasturlarda o'z omadini sinab ko'radi.
Qisqa dasturda birinchi o'rinni 111.68 ochko to'plagan yaponiyalik Yuzuru Xanyu egalladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar