07 fev 11:01
Yangiliklar
![](/upload/storage/53749_220.jpg)
Olimpiada chempioni SHahobiddin Zoirov prof boksga o'tdi, u endi Tayson Fyuri bilan bir jamoada!
Buxorolik charm qo'lqop ustamiz Buyuk Britaniyaning mashhur "MTK Global" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. U xatto yangi jamoasi bilan birga Ispaniyada o'quv-mashg'ulot yig'inini ham o'tkazishga ulgurdi.
"Ha, Britaniya kompaniyasi bilan shartnoma imzoladim. Ayni paytda Buxoradaman. Hafta oxirlarida Angliyaga jo'nab ketishim kerak. Hozir vizaning chiqishini kutyapman. Barcha detallarga, yani birinchi jangim qachon va kimga qarshi o'tkazaman, kabi savollarga u erga borganimdan so'ng oydinlik kiritamiz", - dedi Zoirov.
Malumot uchun, superog'ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuri, shuningdek, Martin Myurrey, Billi Jo Sonders singari sobiq jahon chempionlari ham "MTK Global" promouterlik kompaniyasi mijozi hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, SHahobiddin Zoirov Rio Olimpiadasining hal qiluvchi final jangida rossiyalik mashhur bokschi Misha Aloyanni mag'lubiyatga uchratib, shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan edi.
Fikrlar