05 apr 22:16
Yangiliklar

Olimpiada chempioni SHahobiddin Zoirov prof ringdagi debyut jangini o'tkazdi
Dubay shahridagi "Dubai’s Emirates Golf Club" arenasida tashkil etilayotgan ushbu jangda hamyurtimizga indoneziyalik Antoni Xolt raqiblik qildi. Hozirgina 6 raundga mo'ljallangan jang muddatidan oldin yakunlandi.
Zoirov jangniing 19-soniyasidayoq raqibini nokautga uchratdi va professional boksdagi debyut jangini mana shunday ajoyib g'alaba bilan boshladi. SHahobiddin dunyoga mashhur "MTK Global" promouterlik kompaniyasining mijozi hisoblanadi.
Malumot uchun, bugungi bahs indoneziyalik bokschi uchun faoliyatidagi 11-jang bo'ldi. Bungacha u 5 ta g'alaba (3 ta nokaut), 4 ta mag'lubiyat (2 ta nokaut) va 1 ta durang qayd etgandi. U bugun 5-mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
VIDEONI TELEGRAMDAGI KANALIMIZDA TOMOSHA QILING
Fikrlar