19 mar 10:08
Yangiliklar

Olimpiada chempioni SHahobiddin Zoirovning prof boksdagi debyut jangi qachon o'tkazilishi malum!
Buxorolik charm qo'lqop ustamiz bir muddat avval Buyuk Britaniyaning mashhur MTK Global promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan edi. U xatto yangi jamoasi bilan birga Ispaniyada o'quv-mashg'ulot yig'inini ham o'tkazishga ulgurgandi.
Nihoyat, Zoirovning professional boksdagi debyut jangi qachon va qaerda o'tkazilishi malum qilindi. Agar vaziyat o'zgarib qolmasa, Zoirov ishtirokidagi jang 5 aprel kuni BAAning Dubay shahrida o'tkaziladi. “Kite Beach”da o'tkaziladigan prof boks oqshomi USA ESPN+ telekanali orqali efirga uzatiladi. Tez orada SHahobiddinning raqibi elon qilinadi.
Malumot uchun, superog'ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni, mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan britaniyalik Tayson Fyuri, shuningdek, Martin Myurrey, Billi Jo Sonders singari sobiq jahon chempionlari ham MTK Global promouterlik kompaniyasi mijozlari hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, SHahobiddin Zoirov Rio Olimpiadasining hal qiluvchi final jangida rossiyalik mashhur bokschi Misha Aloyanni mag'lubiyatga uchratib, shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan edi.
Fikrlar