07 mar 22:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Olimpiada chempioni SHahobiddin Zoirovning yurishi boshlandi
Iordaniya poytaxti Amman shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha Osiyo/Okeaniya mintaqasining Olimpiadaga saralash turniri davom etmoqda.
Hozirgina -52 kg vazn toifasidagi bokschimiz SHahobiddin Zoirov o'zining musobaqadagi ilk jangini yakunladi. Rio Olimpiadasi chempioni indoneziyalik Aldoms Suguroga qarshi ringga ko'tarildi.
Uch raund davomida katta tashabbusga ega bo'lgan buxorolik charm qo'lqop ustamiz raqibini yaqqol ustunlik bilan - 5:0 (30:27, 30:27, 30:27, 30:27, 30:27) hisobida mag'lubiyatga uchratdi va keyingi davraga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar