So’nggi yangiliklar

11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0

16 avg 05:25
Yangiliklar

Boks/MMA, Dzyudo, Og'ir atletika, Tokio-2020

Olimpiada chempionlarimiz ikki nafarga etdi, terma jamoamiz 25-o'rinda!

Rio Olimpiadasining o'ninchi kungi bahslaridan so'ng medallar jamg'arish bo'yicha AQSH terma jamoasi hamon peshqadam, O'zbekiston terma jamoasi esa ikkinchi Olimpiada oltin medali evaziga 25-o'ringa ko'tarilib oldi.

Rioda Olimpiada chempionlarimiz soni ikki nafarga etdi. -49 kg vazn toifasidagi bokschimiz Hasanboy Do'smatovdan so'ng og'ir atletikachimiz Ruslan Nuriddinov ham Rio Olimpiadasi chempioniga aylandi. Ruslan siltab ko'tarishda 2008 yilgi Olimpiada rekordini ham yangilashga muvaffaq bo'ldi.


Terma jamoamiz hisobida 2ta oltindan tashqari yana 4ta bronza medali ham bor. Dzyudochilarimiz Diyorbek O'rozboev, Rishod Sobirov, bokschimiz Rustam To'laganov, yunon-rum kurashchimiz Elmurot Tasmurodov bizga ana shu bronza medallarni taqdim etishgan.

O'zbekiston sport delegaciyasi 2ta oltin, 4ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 207 ishtirokchi davlat orasida 25-o'ringa ko'tarilib oldi. Kecha shu paytda terma jamoamiz 39-o'rinni egallab turgandi.


Olimpiadaning o'ninchi kungi bahslaridan so'ng AQSH terma jamoasining umumiy medallari soni 72taga etdi. SHulardan 26tasi oltin, 22tasi kumush, 24tasi bronza medallaridir. Ikkinchi o'rinni Buyuk Britaniya terma jamoasi band etgan. Ularning oltin medallari soni 16taga etdi. Yana 17ta kumush va 8ta bronza medali ham bor. Xitoy terma jamoasi uchinchi o'rindan joy olgan. CHin yurti jamoasi 15ta oltin, 14ta kumush, 17ta bronza medalini qo'lga kiritgan.

SHu kungacha 48ta davlat terma jamoalari kamida bir nafar Olimpiada chempioniga ega bo'lib ulgurgan. Oltmish bitta terma jamoa hisobida esa kamida bittadan kumush medal bor. Roppa-rosa 70ta mamlakat terma jamoasi esa kamida bittadan bronza medaliga ega bo'lib turibdi.

MEDALLAR JAMG'ARISH. TOP-10

1. AQSH – 72 (26-22-24)

2. Buyuk Britaniya – 41 (16-17-8)

3. Xitoy – 46 (15-14-17)

4. Rossiya – 35 (11-12-12)

5. Italiya – 23 (8-9-6)

6. Germaniya – 20 (8-6-6)

7. Franciya – 22 (7-8-7)

8. Yaponiya – 27 (7-4-16)

9. Avstraliya – 22 (6-7-9)

10. Janubiy Koreya – 14 (6-3-5)...

... 25. O'ZBEKISTON – 6 (2-0-4)

Reyting: +2   

Fikrlar

   
16 avg 09:06:17
sanjar
27 O'rindamiz
   
16 avg 07:41:45
Feyajolk
ENDI 20 TALIK EMAS 15 TALIKNI KO'ZLAYMIZ. ISHTAHA OVQAT PAYTIDA KELARKAN. OLG'A O'ZBEKISTON
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing