01 mar 11:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Olimpiada, Evropa, Britaniya hamda IBF chempioni faoliyatini yakunladi
Professional boksning ikkinchi o'rta vazn toifasida sobiq IBF chempioni Jeyms Digeyl faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
Digeyl o'zining so'nggi jangida Kris Yubankka imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Aynan mana shu mag'lubiyat bilan yakunlangan bahs Jeyms uchun faoliyatidagi so'nggi jang bo'lib qoldi.
"2009 yilning 28 fevral kuni professional ringdagi ilk jangim o'tkazilgan edi. Oradan roppa-rosa 10 yil o'tdi va bugun, 28 fevral kuni faoliyatimni yakunlaganimni elon qilyapman.
Faoliyatim muvaffaqiyatli o'tdi. Agar kimdir bundan 15 yil oldin sen Olimpiada, Evropa, Britaniya hamda professional boksda chempion bo'lasan, deb aytsa nafaqat men, balki yaqinlarim ham ishonishmasdi. Men esa bu yutuqlarning bariga erishdim", - dedi Digeyl.
Havola :
Fikrlar