08 apr 07:59
Yangiliklar
Olimpiada g'olib va sovrindorlari ishtirokida “mahorat saboqlari” tashkil etiladi
“Olimpiya va paralimpiya o'yinlarida g'olib hamda sovrindor bo'lgan sportchilar faoliyatini aholi orasida keng targ'ib qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi (162-son, 06.04.2022-y.) hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.
Unga ko'ra, 2021-yil Tokioda o'tgan olimpiadalar g'olib va sovrindorlari hayoti va faoliyatini keng targ'ib qilishga qaratilgan “Yurt faxri” nomli ko'rgazmalar tashkil etiladi. Ko'rgazma har yili iyul-avgustda sovrindorlar yashaydigan mahallalarda va noyabr-oktyabrda ular o'qigan talim muassasalarida bo'lib o'tadi.
Ko'rgazma davomida sportchilarning hayoti va faoliyati haqida video va fotosuratlar ekspoziciyalari va ko'rgazmalari bo'lib o'tadi, sportchilar ishtirokida “mahorat saboqlari” tashkillashtiriladi.
Ko'rgazmani tashkil etish vazifalari Sportni rivojlantirish vazirligiga topshirildi.
Fikrlar