13 mar 19:35
Yangiliklar

Olimpiada licenziyasini qo'lga kiritgan bokschimizga mashina sovg'a qilindi
O'zbekistonlik charm qo'lqop ustalaridan uch nafari oltin medalga sazovor bo'ldi. Bokschilarimizdan Mirazizbek Mirzaxalilov, Elnur Abduraimov hamda Bahodir Jalolovlar o'z vazn toifalarida tengsiz ekanligini isbotlashdi.
Bokschilarimiz bugun tantanali ravishda Toshkent xalqaro aeroportida kutib olingan edi. Oltin medalni qo'lga kiritgan Mirazizbek Mirzaxalilov Farg'onada ham katta tantana bilan kutib olindi. Mirazizbekni viloyat hokimi kutib oldi hamda oltin medalni qo'lga kiritib, Tokio-2020 olimpiadasiga yo'llanmani qo'lga kiritgan bokschiga Nexia-3 avtomobilini topshirdi.
Mirazizbek musobaqaning so'ngi jangida -57kg vazn toifasida iordaniyalik Muhammad Alvadiga qarshi ringga ko'tarildi va 5:0 hisobida yaqqol ustunlik bilan g'alabaga erishdi.
Malumot o'rnida takidlash lozim, 2019 yilning sentyabr oyida Rossiyaning Ekaterinburg shahrida o'tkazilgan jahon chempionatida Mirazizbek oltin medaliga sazovor bo'lib qaytgan edi.
Bokschimizga Tokioda bo'lib o'tadigan olimpiadada omad yor bo'lishini tilab qolamiz!
Fikrlar
91 кг алмаштириш керак Холдаров Гиясов Мадреймовларга угшаган боксчини кешаги турнирда курмадик улар бокс хам тушади шоу булади мазза килиб курасан Яхши боксга тушган Миразиз булди Жалоловтаям язи усич бор куз тигмасин