06 jan 17:15
Yangiliklar

Olimpiada sovrindori bo'lgan bokschilarimizning 3 nafari o'z vazn toifalarini o'zgartirishdi
Unga ko'ra Olimpiadada -52 kg vazn toifasida oltin medali sohibiga aylangan SHahobiddin Zoirov endi -56 kg vazn toifasida ringga chiqadi.
Rioda -56 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilib, bronza medali sohibiga aylangan Murodjon Ahmadaliev esa -60 kglik raqiblarga qarshi janglar o'tkazadi.
Olimpiadaning kumush medali sohibi Bektemir Meliqo'ziev esa -75 kg dan -81 kg vazn toifasiga o'tdi.
Rio Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qilgan bokschilarimizdan Hasanboy Do'smatov, SHahram G'iyosov, Bahodir Jalolov kabi sportchilar esa o'z vaznlarida qolganlar. Olimpiya o'yinlari ishtirokchilaridan Xurshid Tojiboev, Fazliddin G'oipnazarov, Elshod Rasulov va Rustam To'laganov kabi bokschilar "Uzbek Tigers" tarkibida yo'q.
Eslatib o'tamiz, bokschilarimiz 3 fevral kuni Xitoyda "CHayna Dragons"ga qarshi janglarda ishtirok etadilar.
Fikrlar