14 iyu 12:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Olimpiada sovrindori nomdor raqibini mag'lub etdi
Buyuk Britaniyaning London shahrida professional boks oqshomi o'tkazildi.
Oqshomning qiziqarli janglaridan biri Olimpiya o'yinlarining kumush medali sovrindori Jo Joys ishtirokida bo'lib o'tdi. Superog'ir vazn toifasi vakili bo'lgan britaniyalik Joys amerikalik Brayant Jenningsga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq 12 raund davom etdi. Yakunda 33 yoshli Jo Joys o'zidan bir yoshga katta raqibini 118-108, 117-110, 115-110 hisobida mag'lub etdi. O'ninchi raundda referi beldan pastga zarba bergani uchun Jenningsdan ochko olib tashladi.
Havola :
Fikrlar