17 dek 22:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Olimpiada sovrindori Rustam To'laganov tajribali raqib bilan jang qiladigan bo'ldi
Avvalroq Rio Olimpiadasi sovrindori Rustam To'laganov prof boksga qaytgani va 21 dekabr kuni jang qilishi haqida xabar qilgandik.
www.olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, Rustam o'sha kuni rossiyalik Konstantin Piternovga qarshi ringga ko'tariladi.
Eslatib o'tamiz, Rustam 2017 yili professional boksda debyut qilgan va AQSHda Robert Guerrani nokautga uchratgandi. Piternov esa shu kungacha 44 marotaba professional jang o'tkazgan. Ularning 21 tasida g'alaba qozongan (10 ta nokaut). 23 marotaba mag'lub bo'lgan (10 ta nokaut).
Malumot uchun, 21 dekabr kuni Rustam To'laganov bilan bir kunda boshqa bir hamyurtimiz Odiljon Aslonov ringga ko'tariladi.
Kechaning markaziy jangi esa Denis Lebedev ishtirokida bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar