So’nggi yangiliklar

23:59"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров муваффақиятли серияни давом эттирмоқда 0 18:44"Барселона" ярим ҳимоячисини йўқотди 0 18:23Допинг туфайли ғалабасидан айрилган ва камига четлатилган қозоғистонлик UFC жангчиси баёнот билан чиқди 0 18:02Шоҳасан Мирзаматов мухлисларга мурожаат билан чиқди (ВИДЕО) 0 17:41Отабек Умаров: "Марафонда қатнашган ва уни юқори савияда ташкил этганларга раҳмат" 0 17:20Роналдиньо: "Ямал ақл бовар қилмайдиган ишларни бажаряпти” 0 16:59Осиё чемпионати. Боксчи-йигитларимиз Марказий Осиё дербиларида ғалаба қозонишди 0 16:38Бокс бўйича Ўзбекистон чемпиони Қозоғистон терма жамоаси сафида дебют қилди 0 16:17Рустам Ассакалов Осиёда 2025 йилнинг энг яхши юнон-рум кураши мураббийи деб топилди 0 15:56ПСЖ Мартинелли учун курашга қўшилди 0 15:35Марказий жанги Двалишвили - Сехудо бўлган RAF 8 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 15:14Шаҳрам Ғиёсов - Жек Кеттерол чемпионлик жанги учун расмий постер тақдим этилди + ФОТО 0 14:53Хабиб "Атлетико" - "Барселона" ўйинига ташриф буюрди ва мадридликлардан совға олди + ФОТО 0 14:32Суперлига 6-турида ишлайдиган ҳакамлар эълон қилинди. "Нефтчи" - "Пахтакор" ўйинини ким бошқаради? 0 14:11Қизиқ! Дерек Чисора аниқ зарбалар сони бўйича Деонтей Уайлдерни ортда қолдирди 0

27 mar 15:53
Yangiliklar

Boks/MMA

Olimpiadada sovrindor bo'lgan o'zbek bokschilari, vazn toifalari va jahon miqyosidagi o'rnimiz haqida

Sir emaski, boks sport turi yozgi Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasiga medal taqdim etuvchi eng asosiy sport turlaridan biri hisoblanadi.

Bugun biz o'zbekistonlik bokschilarning Olimpiadalardagi ishtirokiga nazar tashlaymiz. 

O'zbek bokschilari shu kungacha 6 ta Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishgan (1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016). Bu muddat davomida yurtimiz bokschilari roppa-rosa 50 ta licenziyaga ega chiqishgan. 

Umumiy hisobda bokschilarimiz 14 marotaba Olimp shohsupasiga ko'tarilishgan - 4 ta oltin, 2 ta kumush va 8 ta bronza. 

Olimpiya o'yinlarida sovrindor bo'lgan o'zbekistonlik bokschilar:

1996 - Karim To'laganov - bronza

2000 - Muhammadqodir Abdullaev - oltin

2000 - Rustam Saidov - bronza

2000 - Sergey Mixaylov - bronza

2004 - Bahodir Sultonov - bronza

2004 - O'tkirbek Haydarov - bronza

2012 - Abbos Atoev - bronza

2016 - Hasanboy Do'smatov - oltin

2016 - SHahobiddin Zoirov - oltin

2016 - Fazliddin G'oibnazarov - oltin

2016 - SHahram G'iyosov - kumush

2016 - Bektemir Meliqo'ziev - kumush

2016 - Murodjon Ahmadaliev - bronza

2016 - Rustam To'laganov - bronza


Ko'rib turganingizdek, ushbu medallarning teng yarmi Rio mezbonlik qilgan Olimpiya o'yinlarida qo'lga kiritilgan. O'sha o'yinlarda charm qo'lqop ustalarimiz umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashgandi. 

Bir necha kun oldin Ammanda nihoyasiga etgan Osiyo/Okeaniya licenzion musobaqasida bokschilarimiz 7 ta licenziya qo'lga kiritishdi. SHu tariqa, O'zbekiston bokschilarining Olimpiadalardagi licenziyalari soni 57 taga etdi. Hali Parijda jahon saralash musobaqasi o'tkazilishini inobatga olsak, ushbu raqam yanada oshishi ehtimoli yuqori. 


️Faktlar

-Boks 1904 yili Olimpiya o'yinlari dasturidan o'rin olgan

-Karim To'laganov - Olimpiya o'yinlarida medal qo'lga kiritgan ilk o'zbek bokschisi

-Muhammadqodir Abdullaev - Yozgi Olimpiya o'yinlarida oltin medal qo'lga kiritgan ilk o'zbek bokschisi. Uning medali nafaqat boks, balki mustaqil O'zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o'yinlaridagi ilk oltin medal hisoblanadi

-Yodgoroy Mirzaeva - Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan o'zbekistonlik ilk ayol bokschi

-O'zbekiston boks terma jamoasi eng ko'p licenziyani 2016 yilgi Olimpiadada qo'lga kiritgan - 11 ta

-O'zbekiston boks terma jamoasi eng ko'p medalni 2016 yilgi Olimpiadada qo'lga kiritgan - 7 ta

Olimpiya o'yinlarida vazn toifalari

1996 va 2000 yillarda Xalqaro Olimpiya qo'mitasi boks uchun 12 ta vazn ajratgandi. 2004 va 2008 yillarda esa 11 ta vaznga qisqartirildi. 2012 va 2016 yillarda boks bo'yicha ayollar o'rtasidagi bahslar ham Olimpiya dasturiga kiritildi va erkaklar o'rtasidagi vazn 10 taga tushirildi, ayollarga esa 3 ta vazn taqdim etildi. Tokio Olimpiadasida esa erkaklar o'rtasida 8 ta, ayollar o'rtasida 5 ta vaznda medallar uchun kurash tashkil etiladi. 


Medal olgan mamlakatlar

SHu kungacha 79 mamlakat bokschilari Olimpiya o'yinlarida medal qo'lga kiritgan. 14 ta medali bor O'zbekiston ushbu reytingning 18-pog'onasini egallab turibdi. 1904 yildan buyon yuritib kelinadigan ushbu statistikada AQSH 114 ta medal bilan birinchi o'rinni egallab turibdi. Kuba esa 73 ta medal bilan ikkinchi pog'onadan joy olgan bo'lsa, 56 ta medali bor Buyuk Britaniya kuchli uchlikka yakun yasagan. 

TOP-30 mamlakatlari

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati tomonidan tayyorlandi


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing