So’nggi yangiliklar

13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0 10:49Мадримовнинг вазнидаги собиқ чемпионнинг кейинги жанги санаси, манзили ва рақиби эълон қилинди 0 10:18Валерий Карпин: "Ўзбекистонда умуман бошқа даражадаги футболчилар пайдо бўлди" 0 09:47Махачев Усман Нурмагомедовнинг кечаги қилмишига муносабатини билдирди + ФОТО 0 09:16БАА қонунлари бўйича Усман Нурмагомедовни қандай жазо кутаётгани айтилди 0 08:45Илия Топурия Усман Нурмагомедовнинг ҳибсга олингани ҳақида хабар берди 0 08:14Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Россияга қарши майдонга тушади 0 07:43Total Chess. Абдусатторов иккинчи кун Фирузджага қарши иккита партия ўтказди 0 07:12Хамзат Чимаев БАА фуқаролигини олиш қарорини изоҳлади 0 23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0

20 iyu 10:24
Yangiliklar

Boks/MMA

Olimpiadaning boks yo'llanmalari qaysi vaznlarda va qay tartibda o'ynalishi elon qilindi

Teglar :  AIBABoksOlimpiada
Ayni kunlarda SHveycariyaning Lozanna shahrida Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Ijroiya qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tmoqda.

Mazkur yig'ilishda ko'rib chiqilgan dastlabki masala kelasi yili Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarida boks bo'yicha bahslarning yo'llanmalari qay tartibda taqsimlanishi bo'ldi.

Unga ko'ra, Tokio-2020 Olimpiadasida boks bahslari uchun erkaklar o'rtasida -52, -57, -63, -69, -75, -81, -91 va +91 kilogarmm vazn toifalari amal qiladi. Ayollar o'rtasida esa -51, -57, -60, -69 va – 75 kilogramm vazn toifalari bo'yicha janglar olib boriladi.

Osiyo-Okeaniya mintaqasi uchun jami 63 ta licenziya ajratilib, ulardan 41 tasi erkaklar, 22 tasi ayollar boksi o'rtasida taqsimlanadi. Olimpiya vazn toifalarida qitalar uchun turli miqdorda yo'llanmalar ajratildi. Masalan, bizning mintaqamizda -52, -57 va -63 kg kilogramm vazn toifalariga 6 tadan, -69, -75 va -81 kg vazn toifalariga 5 tadan, -91 va +91 kg vazn toifalari uchun 4 tadan o'rin ajratilgan. Ayollar toifasida esa -51 kg vazn uchun 6 tadan, qolgan kategoriyalarga 4 tadan o'rin berildi.

Olimpiada uchun saralash turnirlari kelasi yilning yanvar-may oylarida o'tkazilishi belgilandi. Bu oralig'da 4 ta qitaviy va 1 ta jahon miqyosida saralash turnirlari o'tkaziladi. Hozircha saralash musobaqa mezbonlari elon qilinmagan. Yanvar-aprel oralig'ida barcha qitalar bo'ylab mintaqaviy saralash turnirlari o'tkazilsa, unda yo'llanma ololmaganlar uchun 2020 yilning may oyida jahon miqyosidagi licenzion musobaqa bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, Tokio Olimpiadasida boks bellashuvlari 25 iyul-9 avgust kunlari bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing