20 noy 09:44
Yangiliklar
"Olimpiya harakati" spartakiadasining Xorazm viloyati bosqichi yakunlandi
Mahalliy hokimlik va Milliy olimpiya qo'mitasi hamkorligida tashkil etilgan "Olimpiya harakati" spartakiadasida sportchilar boks, dzyudo, erkin kurash, taekvondo, karate, engil atletika bo'yicha o'zaro kurash olib bordilar. Musobaqani tashkil etishdan maqsad, yangi nomlarni saralab olib, terma jamoa uchun munosib zaxira tayyorlashdan iboratdir. Bahslar davomida o'zini ko'rsata olgan sportchilarga terma jamoadan o'rin olish uchun imkoniyat paydo bo'ladi. Musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritgan sportchilar dekabr oyida Toshkentda boshlanadigan Respublika bosqichida ishtirok etadilar.
Bahslarda viloyatning shahar va tumanlaridan 900 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Musobaqa yakunida kuchli uchlikka kirgan sportchilar qimmatbaho sovg'alar va diplom bilan taqdirlandilar.
Fikrlar