So’nggi yangiliklar

09:23Гвардиола Родрига қўнғироқ қилиб, уни "Барселона"га ўтишга кўндирди 0 08:49Чарльз Оливейра яқин дўсти Алан Насиментонинг вафотидан кейин илк бор баёнот берди 0 08:03Лайма Владсоннинг Германиядаги саргузаштлари давом этяпти! Ҳамюртимиз бу сафар ўзидан қарийб 400 поғона баланддаги теннисчини мағлуб этди 0 19:56Рамазон Темиров UFC собиқ юлдузига қарши жанг қилади — манба 0 19:17“Ливерпуль” ва ПСЖ Барколя бўйича келиша олмаяпти 0 18:47Брэди Махачев - Гэрри жанги ҳақида: "Бир дарвоза олдидаги футбол" 0 18:13Таркибида 12 та жанги бор UFC 331 турнирининг тўлиқ карди тасдиқланди 0 17:48"У ўз имиджини бузмоқда". Даррен Тилл Иан Гэррини аёллар ҳақидаги гаплари учун танқид қилди 0 17:17“Ҳеч ким клубдан устун эмас”: “Реал” Винисиусга ультиматум қўйди 0 17:07Ўзбекистонлик сумочи ўзидан уч баравар оғир рақиби устидан тарихий ғалабага эришди (ВИДЕО) 0 16:49Украина россиялик боксчиларнинг халқаро турнирларга қайтишига кескин қарши чиқди 0 16:16ИНТЕРВЬЮ. Икки Президентнинг меҳрини қозониб, дуосини олган дзюдочи — Ришод Собиров 0 15:50Дана Уайт UFC`ни сотиб олишдан олдин қандай қилиб 380 000 доллар ишлаб топганини айтиб берди 0 15:18“Барселона” Родри учун курашдан чиқди: бунга учта сабаб бор 0 14:51Асосий тўрга саралаш турнири орқали етиб келган теннисчимиз рейтингда ўзидан 530 поғона юқоридаги рақибасини "сочиб" ташлади 0

23 iyu 17:17
Yangiliklar

Tadbirlar, Olimpiya o'yinlari

“Olimpiya kuni”ning 126 yilligi muborak bo'lsin!

Teglar :  Olimpiya kuniMOQXOQ
Bugun 23 iyun - butun dunyoda xalqaro Olimpiya kuni keng nishonlanadi.

Inson o'zi yaratib, o'zi lol qolgan kashfiyotlari bisyor. Asrlar osha do'stlik, halollik, beg'arazlik ruhini saqlab kelayotgan Olimpiya o'yinlarini o'tkazish g'oyasi ham inson tafakkuri ijodiga mansubdir. Bundan roppa-rosa 126 yil avval baron Per de Kuberten boshchiligida Olimpiadani tiklash uchun eng katta qadam qo'yildi, yani 1894 yilning 23 iyun kuni Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ)ga asos solindi. SHu sabab ushbu sana «Olimpiya kuni» sifatida nishonlab kelinadi.

Bugungi kunga kelib “Olimpiya kuni” dunyoda eng ommaviy tarzda nishonlanadigan sport bayramlaridan biriga aylangan. Har yili Xalqaro Olimpiya qo'mitasiga azo 205 davlatda o'tkaziladigan sport va salomatlik bayramida millionlab insonlar bevosita ishtirok etishmoqda. Ushbu tadbirni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad – aholi orasida sog'lom turmush tarzini hamda Olimpizm g'oyalarini keng targ'ib etish, katta-yu, kichik qalbida jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan mehrni yanada yuksaltirishdan iborat.

Mamlakatimizda aholi o'rtasida sportni ommalashtirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, jahon arenalarida sportchilarimizning munosib ishtirok etib, yuqori marralarni zabt etishi uchun shu kunga qadar Prezidentimizning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga oid o'ndan ortiq farmon va qarori, ular asosida Vazirlar Mahkamasining ko'plab qarorlari qabul qilinmoqda.

Koronavirus sabab 2020 yilga belgilangan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari 1 yilga qoldirildi. Biroq “Olimpiya kuni” ortga surilmaydigan umumbashariy bayramdir. SHu bois ham dunyoning barcha mamlakatlarida ushbu kun katta shodiyona bilan nishonlanmoqda. Jumladan, mamlakatimizda ham “Olimpiya kuni” 20 iyun kuni pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda katta onlayn tadbiri bilan nishonlandi. SHu kuni ZOOM platformasida o'zbek sportining yulduzli vakillari, federaciya va associaciyalar rahbariyati, sportchi va murabbiylar, sanat olami vakillari jam bo'lib, bir-birlarini “Olimpiya kuni” bilan qutlashdi. 

Qayd etish joiz, mazkur muloqot chog'ida jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishning inson salomatligi uchun ne chog'lik foydali ekani yana bir karra takidlab o'tildi. Milliy olimpiya qo'mitasi bu yilgi «Olimpiya kuni» tantanalarini 15 iyun kunidan boshladi. SHu kuni «Virtual yugurish musobaqasi»ga start berildi va bugungi kunga qadar mazkur onlayn musobaqada 500 ga yaqin yurtdoshlarimiz ishtirok etishdi. Mazkur musobaqa 22 iyunga qadar davom etdi. 

SHuningdek, 17 iyun kunidan boshlab Respublika ommaviy axborot vositalari, davlat va xususiy telekanallar, internet saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda «Olimpiada bu…..» rukni ostida yangi loyiha tashkil etildi. Takidlash lozimki, mazkur loyihada o'zbek va jahon sportining eng yorqin vakillarining ishtirok etishi, unga bo'lgan qiziqishni ikki karra oshirdi.

Qolaversa, ushbu sanaga bag'ishlab bir qator federaciyalarimiz, jumladan, karate, taekvondo, velosport, kamondan o'q otish, ot sporti, mexanik eshkak eshish yo'nalishlari bo'yicha onlayn musobaqalar tashkil qilinmoqda. Bu esa musobaqalarga chanqoq bo'lib turgan atletlarimizning ruhiyatini oshirishga, ular orasidagi halol raqobatni, sog'lom turmush tarzini yanada rivojlantirishga turtki bo'lmoqda.

“Olimpiya kuni” shukuhi shahrimizdagi “Olimpiya shon-shuhrati” muzeyida ham ufurib turdi. Ushbu kun munosabati bilan mazkur muzey xodimlari o'rtasida yugurish va sog'lomlashtirish tadbirlari bo'lib o'tdi.

Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni “Olimpiya kuni”ning 126 yilligi bilan chin qalbdan tabriklab qoladi! Sport hayotingizning bir bo'lagi bo'lib qolsin,

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing