21 dek 18:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Olimpiya o'yinlari sovrindori Rustam To'laganov prof boksdagi ikkinchi jangini o'tkazdi
Rio Olimpiadasi sovrindori Rustam To'laganov bugun Rossiyada prof ringdagi ikkinchi jangini o'tkazdi.
Mazkur jangda hamyurtimizga mezbon bokschi Konstantin Piternov raqiblik qildi. 8 raundga mo'ljallangan jang to'rtinchi raundda yakunlandi. Hamyurtimiz to'rtinchi raundda o'zining kuchli zarbasi evaziga raqibini texnik nokautga uchratdi va professional boksdagi ikkinchi g'alabasini nishonladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar