So’nggi yangiliklar

11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0

27 okt 16:03
Yangiliklar

Boks/MMA, Tokio-2020

Olimpiya o'yinlari sovrindorlari O'zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurishdi

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasida Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan XXXI yozgi Olimpiya o'yinlarining g'olib va sovrindorlari mehmon bo'lishdi.


“INFOLIB–2016” V Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida tashkil etilgan uchrashuvda  O'zbekiston iftixorlari - Olimpiya o'yinlari chempioni Fazliddin G'oyibnazarov, Olimpiya o'yinlarining bronza medali sohiblari Rustam To'laganov, Murodjon Ahmadaliev va Ixtiyor Navro'zov, shuningdek Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston boks federaciyasi vakillari, axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari, Toshkent shahri maktab, kollej va licey o'quvchilari hamda Milliy kutubxona foydalanuvchilari qatnashdilar. 


Tadbirni ochiq deb elon qilar ekan O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjaev “INFOLIB – 2016” Milliy axborot- kutubxona haftaligi bilan barcha ishtirokchilarni, mehmonlarni qutladi va mustaqillik yillarida O'zbekiston sportchilarining jahon miqyosida qo'lga kiritayotgan yutuqlari taxsinga sazovorligi, shuningdek, Rio-de-Janeyrodagi O'zbekiston Olimpiya terma jamoasining muvaffaqiyati haqida so'zladi. 

Darxaqiqat, O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi arafasida sportchilarimiz tomonidan jahon arenalarida erishilgan yutuqlar mamlakatimiz sport tarixiga oltin harflar bilan bitiladigan bo'ldi. Ayniqsa Braziliyadagi Olimpiya o'yinlarida o'zbek sportchilari tomonidan 4 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza, jami 13 ta medal qo'lga kiritilishi, yakunda delegaciyamiz umumjamoa hisobida jahonning 207 mamlakati orasida faxrli 21-o'rinni egallashi chindan ham butun dunyoni hayratga soldi.


Tadbirda sportchilarimiz nafaqat o'zlarining sportga bo'lgan qiziqishlari, qanday qilib katta sportga qadam qo'yganliklari, qo'lga kiritgan yutuqlari va Olimpiya o'yinlaridan olgan taassurotlari, balki qanday kitoblarni sevib mutolaa qilishlari, musobaqalarga tayyorgarlik jarayonida kitob o'qish ruhiy tayyorgarlik masalasida qanchalar muhim ahamiyat kasb etishi xaqida ham so'zlab berishdi. 

Tadbir qatnashchilari shuningdek o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollariga javob oldilar va tashkilotchilariga o'z minnatdorchiliklarini izhor etib, bu kabi tadbirlar yosh avlodni sportga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirishga, shuningdek ko'proq bo'lajak chempionlar etishib chiqishiga ilhomlantirishini aytib o'tdilar. 


Tadbir so'nggida yosh talabalar sportimiz yulduzlari bilan suratga tushish va ulardan dastxatlar olishga ham ulgurishdi. Bir so'z bilan aytganda tadbir nihoyatda samimiy va hayajonli ruhda bo'lib o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing