So’nggi yangiliklar

21:50Жавоҳир Синдаров: "Энди бемалол Counter-Strike ўйнасам бўлади" 0 20:55Эшитдик-да! Самвел Бабаян истеъфога чиқди 0 20:12"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров Накамура билан дуранг ўйнади 0 19:58Таэквондо. Тошкентдаги Жаҳон чемпионатида илк медални қўлга киритдик 0 18:03Илия Топурия: "Пимблетт Гетжига ютқазганига ҳайрон бўлдим. У билан жангга тайёрланаётгандим" 0 17:00Рекордчи Жим Миллер UFC’даги 47-жангини ўтказади 0 16:39АПЛ клуби Нойерни нишонга олди 0 16:18Энтони Жошуа Фьюри билан эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 15:57Мераб Двалишвили йил охиригача иккита жанг ўтказади 0 15:36Тайсон Фьюри 2023 йилдан кейинги илк ғалабасини қўлга киритди 0 15:15Аёл мутахассис Бундеслига клубига бош мураббий бўлди 0 14:54Оқ уйдаги UFC турнири кардига Дональд Трамп ташаббуси билан яна бир жанг қўшилди 0 14:33Султонов рейтингда ўзидан 224 поғона юқоридаги рақибни таслим этди 0 14:12Жалоловда кумуш, Поёновда бронза, Жамалов эса медалсиз қолди 0 13:51Артета "Борнмут"дан қабул қилинган мағлубиятдан кейин "Арсенал" мухлисларига мурожаат қилди 0

23 avg 22:21
Yangiliklar

Boks/MMA, Tokio-2020

Olimpiyachilarimizni taqdirlash bo'yicha Prezident Farmoyishi

Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo'lib o'tgan XXXI yozgi Olimpiada o'yinlari g'oliblarini pul mukofotlari bilan taqdirlash to'g'risida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlar o'rtasida olimpiada harakatini targ'ib etishdagi faol ishtiroki, Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo'lib o'tgan XXXI yozgi Olimpiada o'yinlaridagi yuksak sport mahorati va mardligi, xalqaro sport maydonlarida O'zbekistonning nufuzi va obro'-etiborini oshirishga qo'shgan katta hissasi uchun hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 12 iyuldagi PQ-2558-sonli qaroriga muvofiq:

1. Quyidagi sportchilar biryo'la to'lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlansinlar:

oltin medal olgani uchun

har biri 200 000 AQSH dollari bilan:

Nurudinov Ruslan SHamilevich – og'ir atletika bo'yicha terma jamoa azosi;

Do'smatov Xasanboy Marfjon o'g'li – boks bo'yicha terma jamoa azosi;

Zoirov SHaxobidin SHokirovich – boks bo'yicha terma jamoa azosi;

Gaibnazarov Fazliddin Xasanbaevich – boks bo'yicha terma jamoa azosi;

kumush medal olgani uchun

har biri 100 000 AQSH dollari bilan:

Giyasov SHaxram Djamshedovich – boks bo'yicha terma jamoa azosi;

Meliqo'ziev Bektemir Ro'zmatjon o'g'li – boks bo'yicha terma jamoa azosi;

bronza medali olgani uchun

har biri 75 000 AQSH dollari bilan:

Axmadaliev Murodjon Qahor o'g'li – boks bo'yicha terma jamoa azosi;

Tulaganov Rustam To'lqin o'g'li – boks bo'yicha terma jamoa azosi;

Sobirov Rishod Rashidovich – dzyudo bo'yicha terma jamoa azosi;

Urozboev Diyorbek Baxtiyor o'g'li – dzyudo bo'yicha terma jamoa azosi;

Tasmuradov Elmurat Zulipxar-uli – yunon-rum kurashi bo'yicha terma jamoa azosi;

Navruzov Ixtiyor Karimovich – erkin kurash bo'yicha terma jamoa azosi;

Ibragimov Magomed Idrisovich – erkin kurash bo'yicha terma jamoa azosi.

2. Belgilab qo'yilsinki, pul mukofotlarini to'lash O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan xorijiy valyutada – AQSH dollarida, bankda jismoniy shaxslar uchun belgilangan tartibda ochiladigan depozit hisobraqamlaridan, soliq undirilmasdan amalga oshiriladi.

3. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu maqsadlar uchun zarur pul mablag'lari o'z vaqtida ajratilishini taminlasin, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki esa O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bilan birgalikda ajratilgan mablag'larni O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining buyurtmanomalari bo'yicha belgilangan tartibda konvertaciya qilsin.

4. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH.Mirziyoev zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasi

Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri,

2016 yil 23 avgust

Reyting: +5   

Fikrlar

+2   
23 avg 23:03:19
Adilbek
Яхши кунларга ишлатсин баракасин берсин, рахмат юрт бошимизга умри узок булсин биз ёшларни коллап куватлаганли учун рахмат ташаккур...
+1   
24 avg 09:58:18
SoccerlanD
Президентимизга респект!!!!! Эътибор учун рахмат!!!
+1   
24 avg 00:54:18
Azizbek Andijon
Hammalarini omadini berovirsin ota onasiga rahmat shundek mart jasur bollarni tabiyalagan
   
24 avg 11:10:14
Serdarjan
Bizadayam 4empion bor faqat ta4ka bosiwda nasib bölsa erkin avezovham tokio 2020ga boradi
   
23 avg 23:21:24
xojakbar

Medal olomaganlagayam xich bomasam 1 000 AQSH dollar pul mukofot berlsa yomon bomast. Bulayam xarakat qldyu.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing