09 avg 09:23
Yangiliklar

Olmaliqda belida belbog'i borlar jahon chempionligi uchun kurashni boshladi
2002-2004 yillarda tug'ilgan o'smir va qizlar o'rtasida o'tkazilayotgan jahon chempionatida Rossiya, Isroil, Hindiston, Eron, Ukraina, Belarus, Xitoy, SHveciya kabi dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan 200 ga yaqin polvonlar ishtirok etyapti.
Jahon chempionatida o'g'il bolalar 42, 45, 50, 55, 60, 65, 71, 77, 85, 95 kg.gacha va 95 kg.dan yuqori vazn toifalarida kuch sinashsa, qizlar 44, 48, 52, 57, 63, 70 kg.gacha va 70 kg.dan yuqori vaznda g'oliblik uchun bahs olib borishadi.
Musobaqada o'z vazn toifalarida 1-o'rinni qo'lga kiritgan polvonlar 1500 AQSH dollari, 2-o'rin sohiblari 1000 AQSH dollari hamda 3-o'ringa sazovor bo'lgan polvonlar esa 500 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi.
Fikrlar