05 iyu 18:39
Yangiliklar
Futbol
Olmaliqda tug'ilgan Anton Valdemar "Borussiya D"ga o'tishga yaqin
"SHtutgart" himoyachisi faoliyatini Dortmundning "Borussiya"sida davom ettiradi.
"SHtutgart" himoyachisi Anton Valdemar "Borussiya" Dortmundga o'tishga yaqin turibdi, deb xabar berdi "Sky Sports" muxbiri Florian Plettenberg.
Xabar qilinishicha, 27 yoshli Anton allaqachon tibbiy ko'rikdan o'tgan. Evro-2024dan so'ng himoyachi "qora-sariqlar" bilan to'rt mavsumga, yani 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.
Himoyachi 2023/24 yilgi mavsum "SHtutgart" safida 37 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Malumot o'rnida, Anton Toshkent viloyati Olmaliq shahrida rus va nemis oilasida dunyoga kelgan.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar