So’nggi yangiliklar

19:35"Манчестер Юнайтед" "Рома" юлдузи билан келишувга эришди 0 18:50Рамазон Темиров: "Зарбаларим аниқроқ борганида, Стив бундан ҳам оғирроқ нокаут бўлиши мумкин эди" 0 18:02Тим Цзю Эррол Спенсни мағлуб этиб, рақибини фаолиятини якунлашга мажбур қилди 0 17:20"Ўзбекистонда ҳам чемпион бўлади. Буни биринчи бўлиб, ўзим бажараман" — Рамазон Темиров 0 16:03Ўзбекистон U-20 аёллар терма жамоаси – CAFA чемпиони! 0 15:10Рамазон Темировнинг жангдан кейинги фикрлари қандай бўлди? 0 14:01Парижда кураш бўйича Президент соврини учун мусобақа ўтказилди 0 13:07Махлуқ ролидаги Шоҳжаҳон Эргашев, тепкиланган Одилхон ва бошқалар. Тошкентдаги проф бокс оқшомидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:19Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 01:00Ўзбекистонлик жангчилар иштирокидаги Octagon 89 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:31UFC Abu-Dhabi турнирининг бонус эгалари эълон қилинди. Рамазон Темиров рўйхатда борми? 0 00:23Кутганмидингиз?! Шоҳжаҳон Эргашевнинг Марк Урвановга қарши жанги биринчи раунддаёқ ниҳоясига етди 0 00:00Гусков Анкалаевга, Темиров эса Эрцегга қарши жанг қилди! UFC Abu-Dhabi турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:54UFC ABU-DHABI. БОГДАН ГУСКОВНИНГ МАГОМЕД АНКАЛАЕВГА ҚАРШИ МАРКАЗИЙ ЖАНГИ БЕШИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 23:01РАМАЗОН ТЕМИРОВ ИШТИРОКИДАГИ CO MAIN EVENT ЖАНГИ БИРИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0

08 avg 20:49
Yangiliklar

Kurash

Olmaliqdagi jahon chempionati oldidan matbuot anjumani o'tkazildi FOTOGALEREYA

Ertaga Olmaliq shahrida belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun jahon chempionati start oladi.

2002-2004 yillarda tug'ilgan o'smir va qizlar o'rtasida o'tkazilayotgan jahon chempionatida Rossiya, Isroil, Hindiston, Eron, Ukraina, Belarus, Xitoy, SHveciya kabi dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan 200 ga yaqin polvonlar ishtirok etadi. 

Olmaliq shahridagi “Olmaliq KMK” sport majmuasi mezbonlik qiladigan musobaqa oldidan bugun matbuot anjumani o'tkazildi. Unda Butunjahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Gintausas Vileyta, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov hamda o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Usmon Mahamatov OAV xodimlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob qaytarishdi. 

“Tarixi uch ming yildan ziyod bo'lgan milliy sport turimiz bo'lgan belbog'li kurash bugun xalqaro maydonga chiqib bormoqda. Asrlar osha o'zida mardlik, halollik, jasorat kabi fazilatlarni jamlagan ushbu sport turi 2017 yil Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida o'tgan Yopiq inshootlardagi va jangovor sanatlar bo'yicha Osiyo o'yinlari dasturiga kiritildi. Unda ishtirok etgan o'zbekistonlik polvonlar terma jamoamizga eng ko'p medallarni taqdim etdilar. Ertadan boshlanadigan jahon chempionatida ham o'smirlarimiz akalariga munosib izdosh bo'lib voyaga etayotganlarini isbotlashga urinishadi”, - dedi R.Dastirov.

O'z o'rnida Butunjahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Gintausas Vileyta O'zbekiston nufuzli xalqaro musobaqalarni o'tkazishda katta tajribaga ega ekanligi, Olmaliqdagi jahon chempionati ham yuqori saviyada o'tishi uchun barchar sharoitlar muhayyo qilinganiga urg'u qaratdi. Usmon Mahamatov esa kurashchilarimizning tayyorgarligi haqida batafsil malumot berdi. 

Eslatib o'tamiz, ertaga start oladigan jahon chempionatida  o'g'il bolalar 42, 45, 50, 55, 60, 65, 71, 77, 85, 95 kg.gacha va 95 kg.dan yuqori vazn toifalarida kuch sinashsa, qizlar 44, 48, 52, 57, 63, 70 kg.gacha va 70 kg.dan yuqori vaznda g'oliblik uchun bahs olib borishadi.

Suratlar muallifi - Oqil G'ulomov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing