14 sen 12:19
Yangiliklar
Dzyudo

Olti dzyudochimizning bari Osiyo chempionati medallari uchun tatamiga chiqadi
Yoshlar o'rtasida o'tkazilayotgan Osiyo chempionatining ikkinchi kungi saralash bellashuvlari yakuniga etdi.
Quvonarlisi, bugun kurashga kirishgan og'ir vaznli 6 nafar dzyudochimizning bari final dasturida medallar uchun kurashish imkoniyatini qo'lga kiritishdi. Ularning 5 nafari finalda Osiyo chempionligi uchun tatamiga chiqadi.
Final dasturi bizning vaqt bilan soat 13:00 (Indoneziyada 15:00)da boshlanadi.
Bronza medali uchun
-78 kg: SHoira Aminova – Tomiris Ergali (Qozog'iston)
Final bellashuvlari
-81 kg: Samariddin Muxibiddinov – Sapargali Salhan (Qozog'iston)
-90 kg: Alisher Samanov – Egor Rakov (Qozog'iston)
-100 kg: Muhammadali Zoirov – Mohammadmahdi Anvari (Eron)
+100 kg: Fazliddin Rafikov – Kim Min Jun (Koreya Respublikasi)
+78 kg: Umida Nig'matova – Su Pin-Zu (Xitoy Taypeyi)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar