18 jan 11:41
Yangiliklar

Olti yil UFC chempioni bo'lgan jangchi faoliyatini yakunlashini elon qildi
Joze Aldo o'z vazn toifasida dunyoning eng yaxshi jangchilaridan biri hisoblanadi.
“Faoliyatimni Braziliyada yakunlashni istayman. Vatanimda yana uchta jang o'tkazib, keyin faoliyatimni tugataman. Fevral oyida Fortalezeda Moykanoga qarshi oktagonga chiqaman. Mayda UFC 237 turniri doirasida jan o'tkazishni rejalashtiryapman.
Yilning ikkinchi yarmida UFC Braziliyada yana bir turnir tashkil qilishni mo'ljal qilgan. Aynan mana shu turnirda faoliyatimdagi so'nggi jangimni o'tkazaman. Meni endi chempionlik jangi qiziqtirmaydi. Oilamga vaqt ajratadigan fursat etib keldi”, - dedi Aldo.
Malumot uchun, Joze Aldo 27ta jangda g'alaba qozonib, 4ta bahsda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. 2010-2015 yillar oralig'ida yarim engil vazn toifasida UFC chempionlik kamarini o'zida saqlab turgan. Konor Makgregorga nokaut bilan mag'lub bo'lgach, sobiq chempionga aylangan.
Fikrlar