27 noy 09:10
Yangiliklar
Kurash

Oltin Gran-Pri. Feruz To'xtaev kumush medal sovrindori!
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida sport kurashlari bo'yicha Oltin Gran-Pri turniri bo'lib o'tdi.
Ushbu nufuzli turnirda erkin va yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi polvonlari ham o'z mahoratlarini namoyish etishdi.
Hamyurtlarimizdan birgina Feruz To'xtaev musobaqa sovrindori bo'ldi. Yunon-rum kurashining 59 kg vazn toifasidagi bahslarida gilamga chiqqan To'xtaev kumush medal sovrindoriga aylandi.
Feruz avvaliga hindistonlik Gaurav SHarmani 8:0, chorak finalda ozarbayjonlik Karim Jafarovni 6:3, yarim finalda rossiyalik Mingiyan Semenovni 10:8 hisobida mag'lub etdi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida esa yaponiyalik Kenichiro Fumitoga kichik 4:5 hisobida yutqazib, kumush medal bilan taqdirlandi.
Foto. Sport kurashlari associaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar