08 dek 14:22
Yangiliklar
Futbol
"Oltin to'p" sohibi Salohni tanqid qildi
2001 yil "Oltin to'p" sohibiga aylangan Maykl Ouen Muhammad Salohning kechagi gaplari uchun tanqid qildi.
"Salah, men sening o'zingni qanday his qilayotganingni tasavvur qila olaman. Sen uzoq vaqt davomida ushbu jamoaning etakchisi bo'lding va yutish mumkin bo'lgan barcha narsani yutding. Ammo bu jamoaviy o'yin va sen aytgan gaplaringni shunchaki omma oldida aytishing mumkin emas.
Bir haftadan keyin sen Afrika Millatlar Kubogiga ketyapsan. Ehtimol, sen tilingni tiyib, o'z mamlakating sharafini himoya qilishdan zavq olarsan va qaytganingda vaziyat qanday tus olishini kuzatarsan", - deya fikr bildirgan Angliya futboli afsonasi.

Havola :
Fikrlar