06 sen 08:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Omadsiz seriya qayd etayotgan Darren Tillga UFC chempioni birga shug'ullanishni taklif qildi
Darren Till o'zining so'nggi 5 jangidan 4 tasida mag'lub bo'ldi.
Engil vazn toifasida UFC chempioni CHarlz Oliveyra 5 sentyabr kuni Derek Bransondan mag'lubiyat qabul qilib olgan Darren Tillga birga mashq qilishni taklif qildi.
"Boshingizni egmang, hech qachon taslim bo'lmang. Uyga qayting, sportzalga boring va shug'ullanishni boshlang.
Darren Till, salom. Agar senga bizning yordamimiz kerak bo'lsa, kel birga mashq qilamiz", -deb yozadi CHarlz Oliveyra.
Eslatib o'tamiz, CHarlz Oliveyra bir necha oy ilgari Maykl CHendlerni mag'lubiyatga uchratib engil vaznda UFC chempioniga aylangandi.
Havola :
Manba : BJPenn
Fikrlar